Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:52

Yangi iPad sotuvga chiqishi bilanoq "sindi"


Apple shirkati mart oyi boshida e'lon qilgan iPad planshetining yangi modeli sotuvga chiqishi bilanoq xakerar tarafidan "sindirildi". Bu haqda "PC magazine" nashri xabar bermoqda.

Yangi iPad ni sotuvga chiqganidan so'ng bir nech soat ichida sindira olganini iddao qilgan MuscleNerd nikli xaker buni tasdiqlovchi "skrinshot" suratlarni o'z Twitter sahifasida e'lonq qildi. Suratlarda yangi iPad ga Cydia dasturi o'rnatilganligi ko'rsatilgan.

Eslatamiz, iPad plansheti va iPhone mobil telefonlariga Apple shirkatining App Store online magaziniga olib kiruvchi dastur o'rnatiladi. App Store da foydanaluvchilar hoxlagan dasturni o'zlarining Apple "gadjet"lariga yuklab olishlari mumkin. Biroq u yerda dasturlarning aksari pullidir. Xakerlar tarafidan sindirilgan iOS ga (Apple operatsion tizimi) o'rnatiladigan Cydia online magazini esa faqat bepul dasturlarni tarqatadi.

MuscleNerd xakerga ko'ga, u yangi iPad ni sindirishda atigi ilk qadamni qo'ydi va yangi sindirish uslubi takommillashtirish uchun yana ko'p ish olib borish kerak.

Apple shirkati chiqargan yangi iPad 16 mart kuni dunyo bo'ylab 10 mamlakatda sotuvga chiqgan edi. Yangi planshet eski modellaridan farqli o'laroq aniqligi yuqori ekran, kuchliroq kamera va batareya va 1 Gb operatsion xotiraga ega.
XS
SM
MD
LG