Линклар

Navruz bayrami nishonlanishidan oldin Toshkentda xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

Fergana.ru agentligining xabar qilishicha, shu kunlarda poytaxtda militsiya xodimlarini olib ketayotgan avtobuslar ko‘zga tashlanmoqda, shaharga kiraverishda o‘rnatilgan postlarda mashinalarni tekshirish kuchaytirilgan.

Navro‘z tantanalari o‘tkaziladigan Alisher Navoiy milliy bog‘ida esa chodirlar tikilib, harbiy lager tashkil qilingan. Istirohat bog‘ida odamlarning harakat qilishi cheklangan. Harbiylar bog‘da suratga olishga ruxsat bermayotgani aytilmoqda.

Blok-postlarda nazorat kuchaytiroilgani bois Toshkentga kirish yo‘llarida mashinalar tiqilib qolgani ham xabar qilinmoqda.
XS
SM
MD
LG