Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:45

Obama Erondagi "elektron parda"ni yorib o‘tmoqchi


Prezident Barak Obama Navro‘z munosabati bilan Eron xalqiga tabrik yo‘lladi.
Prezident Barak Obama Navro‘z munosabati bilan Eron xalqiga tabrik yo‘lladi.

AQSh Eronning yadroviy dasturi bilan bog‘liq sanktsiyalarni keskinlashtirishi bilan bir paytda prezident Barak Obama bu mamlakatga axborotning erkin kirib borishini ta‘minlashga qaratilgan choralar dasturi boshlanayotganini e‘lon qildi.

Obama bu haqda seshanba kuni Navro‘z munosbati bilan Eron xalqiga yo‘llagan video murojaatida bayon qildi.

- Bugun mening ma‘muriyatim amerikalik tadbirkorlarning Eronga kompьyuter dasturlari va xizmatlarni yetkazishini osonlashtiruvchi, pirovardida Eron xalqining Internetdan foydalanishini osonlashtiruvchi yo‘riqnomani e‘lon qilmoqda, dedi AQSh prezidenti.

Obamaning video murojaati fors va ingliz tillaridagi subtitrlar bilan e‘lon qilindi.



Obama Qo‘shma Shtatlar Eron xalqi bilan “muloqot qilish yo‘llarini qidirishi”ni ta‘kidlab, Tehron hukumatini o‘z fuqarolarining axborot olish ikoniyatlarini to‘smalikka chaqirdi.

Obama o‘z murojaatida Eron hukumatini o‘z fuqarolarini “elektron parda” bilan o‘rab olganlikda aybladi.

Ayni paytda AQSh Moliya vazirligi Eronga eksport qilinishi mumkin bo‘lgan xizmatlar va kompьyuter dasturlari ro‘yxatini e‘lon qildi.

Moliya vazirligiga ko‘ra, bundan maqsad Eronga nisbatan joriy qilingan sanktsiyalarning eronliklarga kommunikatsiya vositalarini yetkazuvchi shirkatlar faoliyatiga “istalmagan salbiy ta‘siri” oldini olishdan iboratdir.

“Odamlar turli vositlar, jumladan Internetdan axborotni qidirish, olish va boshqalarga uzatish erkinligiga ega bo‘lishi muhimdir”, deyiladi moliya vazirligi bayonotida.

AQSh Moliya vazirligi Eronga kompьyuter dasturlari bilan bog‘liq maxsulotlar eksportiga oid birinchi yo‘riqnomani 2010 yilning martida ma‘qullagan.

Yangi yo‘riqnomaga ko‘ra, Yahoo! Messenger, Google Talk, va Skype kabi o‘zaro muloqotga qaratilgan kompьyuter dasturlari; Dropbox kabi ma‘lumotlar saqlash dasturlari; Google Chrome kabi baruzerlar va boshqa kompьyuter dasturlari va kommunikatsion texnologiyalarning Eronga eksport qilinishiga imkon beriladi.

Yangi yo‘riqnomaning e‘lon qilinishi Eron rejimi Internet ustidan nazoratni kuchaytirayotgani, xususan eronliklarning jahon tarmog‘iga kirishini cheklovchi milliy internet tarmog‘ini yo‘lga solish rejalarini e‘lon qilgan paytga to‘g‘ri kelmoqda.
XS
SM
MD
LG