Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:51

O‘zbekistonda 45 ming 383 nafar mahkum avf qilindi


O‘tgan yilning 5 dekabrida O‘zbekiston Konstitutsiyasining 19 yilligi munosabati bilan qabul qilingan amnistiya bo‘yicha 45 ming 383 nafar mahkum avf qilindi.

Bu haqda Ozodlikka O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Svetlana Ortiqova ma‘lum qildi.

Amnistiya ayollar, 18 yoshga to‘lmaganlar,60 yoshdan oshganlar, xorij fuqarolari hamda ehtiyotsizlik natijasida jinoyat sodir etgan, ijtimoiy xavfi og‘ir bo‘lmagan, birinchi marta jinoyat sodir etganlarga nisbatan qo‘llanildi.

Amnistiyaga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash joylarida va tergov hibsxonalaridan 1958 nafar kishi ozod qilindi.

Ortiqovaga ko‘ra, amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llash jarayonida Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Milliy xavfsizlik va sud organlari tomonidan qonun buzilish holatlari aniqlanmagan.
XS
SM
MD
LG