Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:21

"Zolotaya korona" orqali O‘zbekistonga 2 mlrd dollar o‘tkazilgan


O‘tgan yil davomida “Zolotaya korona” pul o‘tkazmalari bo‘yicha Rossiyadan O‘zbekistonga 2 milliard dollardan ortiqroq pul mablag‘i o‘tkazilgan.

“Zolotaya korona” pul o‘tkazmalari tizimi O‘zbekistonning 170 dan ziyod aholi punktlarida 1000 ga yaqin shahobchaga ega.

Ayni paytda, UNISTREAM tizimi bo‘yicha O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 28 foizga oshgani aytilmoqda.

Mutahassislarning fikricha, Rossiyaning pul o‘tkazish tizimlari yordamida jo‘natilgan mablag‘lar hajmi bo‘yicha O‘zbekiston birinchi, Tojikiston ikkinchi va Ukraina uchinchi o‘rinni egalagan.

Rossiyada pul jo‘natmalarida peshqadamlik qilayotgan 10 dan ortiq hususiy va davlat shirkatlari mavjud. Ular qatorida Western Union, “Pochta Rossii” , Sberbank (“Blits” xizmati), Contact, MoneyGram, “Allyur”, Migom, Unistream, Blizko, Coinstar (Travelex) Money Transfer, “Zolotaya Korona” va boshqalar.

O‘zbekistonda pul mablag‘lari tranzaktsiyalari faqat AQSh dollarida amalga oshiriladi.
XS
SM
MD
LG