Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:43

Stavropoldagi avtohalokatda andijonlik yigitlar o‘ldi


Avtobusga urilgan andijonliklar o‘tirgan Neksiyadan qolgani shu bo‘ldi.
Avtobusga urilgan andijonliklar o‘tirgan Neksiyadan qolgani shu bo‘ldi.

Pyatigorsk shahriga ishlash uchun ketayotgan andijonlik to‘rt yigit o‘tirgan Neksiya mashinasining haydovchi uxlab qolgani bois avtobus tagiga kirib ketgani taxmin qilinmoqda.

Yigirma birinchi mart kuni soat kechki 01:10 daqiqalarda Stavropolyedagi Budyonnovsk-Arzgir avtotrassasining 55-kilometrida Maxachqal‘a-Rostov marshruti bo‘yicha ketayotgan SETRAS215 reys avtobusi bilan DEU NEXIA avtomobili yuzma-yuz to‘qnashdi, deydi hodisa tafsilotlarini Ozodlikka gapirib bergan Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Stavropolye o‘lkasi bo‘yicha Bosh boshqarma rasmiysi Oleg Degtyaryov.

- Avtohalokat sodir bo‘ldi: DEU NEKSIYa avtomobili SETRA avtobusi bilan to‘qnashdi. Halokat oqibatida avtomobilda ketayotgan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yengil avtomobil haydovchisi rulda uxlab qolgan va qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketgan, deydi o‘lka FVV matbuot kotibi Oleg Degtyarev.

Vazirlik xodimi avtohalokat natijasida SETRA avtobusida Rostovga ketayotgan 36 nafar yo‘lovchi, jumladan 4 ta bolaga zarar yetmagani, yo‘lovchilar maxsus transport bilan Rostov-Donga yuborilganini qo‘shimcha qildi.

Ayni paytda Ozodlik muxbiri Arzgir tumani Petropavlovskoye qishlog‘i yonida nobud bo‘lgan o‘zbekistonliklar shaxsini aniqlash maqsadida Stavropolye o‘lkasi Yo‘l harakati xavfsizligi inspektsiyasi (GIBDD) Bosh boshqarmasiga murojaat qildi.

GIBDD Boshqarmasining mazkur hodisa yuzasidan taftish olib borayotgan xodimi Aleksey Valeshinga ko‘ra¸ o‘zbekistonlik yigitlar Astraxan bojxona xizmati punktidan o‘tib¸ Pyatigorsk shahriga ketayotgan bo‘lgan.

- DEU NEKSIYa avtomobilini 1991 yil 26 aprelda tug‘ilgan¸ O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyati Marhamat tumani Qoraqo‘rg‘on qishlog‘ining Yulamatov ko‘chasida istiqomat qilgan Umarov Haydarjon Qobilovich boshqargan. Qolgan marhumlar ham xuddi shu qishloqdan, bir ko‘chadan ekan. Ikkinchisi - 1991 yilda tug‘ilgan Ergamov Abror Anvarovich, uchinchisi - 1991 yilda tug‘ilgan Aliyev Davrbek Davronbek o‘g‘li, va oxirgisi - 1984 yilda tug‘ilgan Xoliqov Zokirbek Bahromovich, deydi Stavropol Yo‘l harakati xavfsizligi inspektsiyasi xodimi Aleksey Valeshin.

Aleksey Valeshin tilga olgan shaxslar va ko‘cha nomlaridagi ayrim g‘alizliklar politsiya xodimlari o‘zbekcha yozuvlarni o‘qishda noaniqliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishga asos beradi.

Valeshinga ko‘ra, o‘zbekistonlik muhojirlar jasadi hozirda mahalliy o‘likxonada saqlanmoqda.

- Halokatda nobud bo‘lganlar hozirda Buddyonovsk shahar o‘likxonasiga yuborilgan, dedi Stavropolьe o‘lkasi Yo‘l harakati xavfsizligi inspektsiyasi xodimi Aleksey Valeshin.

Politsiya hodisa tafsilotlarini o‘rganishda davom etmoqda.
XS
SM
MD
LG