Линклар

Eron Oliy ruhoniysi Oyatulloh Ali Homanaiy o‘z mamlakati Qo‘shma Shtatlar yoki Isroil tomonidan bo‘ladigan har qanday harbiy hujumga javob qaytarishidan ogohlantirdi.

Homanaiy Navro‘z munosabati bilan televizorda qilgan chiqishida Eron atom quroliga ega emas va “yasash niyati ham yo‘q”, deya bayon qildi. Lekin, deya qo‘shimcha qildi u, agar biror dushman hujum qilsa, "biz ularga qarshi munosib hujum qilamiz".

G‘arb davlatlari Eronning munozarali yadroviy dasturi bois Tehron rejimiga qarshi bir necha bosqichli sanktsiyalar joriy qilgan.

AQSh va Isroil mojaro diplomatik yechim topmasa, Eron yadroviy inshootlariga harbiy hujum uyushtirilishi mumkinligini ehtimoldan soqit qilgani yo‘q.
XS
SM
MD
LG