Линклар

Afg‘onistonda tinch fuqarolarni o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan AQSh armiyasi serjanti Robert Beylzga (Robert Bales) nisbatan qotillik bo‘yicha 17 ta ayblov ilgari suriladi.

Xabar agentliklari ismi keltirilmagan AQSh rasmiysiga tayanib, Beylzga qo‘yiladigan ayblovlarning oltitasi suiqasdga urinish, yana oltitasi jismoniy kuch ishlatib huujm qilish, xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashish va harbiy qonunlarni buzishga oid boshqa ayblovlardir, deya ma‘lum qildi.

Beylz 11 mart kuni tongda Afg‘oniston janubidagi harbiy bazani tashlab ketib, o‘sha joyga yaqin bo‘lgan qishloqda to‘qqiz bola va yana sakkiz kishini o‘ldirganlik hamda ba‘zilarining jasadini kuydirganlikda ayblanmoqda.
XS
SM
MD
LG