Линклар

logo-print
Kecha Nyu Yorkdan Las-Vegasga uchayotgan JetBlue aviakompaniyasiga qarashli samolyot uchuvchi-kapitanning ruhiy tahlikaga tushgani bois Texas shtatidagi Amarillo aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi.

Guvohlarga ko‘ra, kapitan uchuvchilar xonasidan chiqib, Eron, Iroq va Afg‘onistondan tahdid borligini aytib, samolyot salonida qichqira boshlagan.

Kapitan Al-Qoidani tilga olib, samolyot bortida bomba borligini aytgan.

Yo‘lovchilar yordamida kapitanni kuch bilan ushlanib, samolyot eng yaqin aeroportga qo‘ndirilgan.

Yo‘lovchilar Las-Vegasga boshqa reys bilan jo‘natilgan. Kapitan esa tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
XS
SM
MD
LG