Линклар

logo-print

27 mart kuni O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Vyetnam poytaxtida Suriya jamoasini mag‘lub etdi.

Xanoy shahrining May Din stadionida o‘tkazilgan o‘yin o‘zbek futbolchilari uchun 2012 yilgi London yozgi Olimpiada o‘yinlariga chiqishlariga yo‘llanma uchun so‘nggi imkoniyatlardan biridir.

O‘yinning birinchi bo‘limi o‘zbekistonlik futbolchilar mag‘lubiyati bilan tugadi. 15 daqiqada Suriyaning yarimhimoyachisi Shaxin o‘zbeklar davrozasiga to‘p kiritdi.

Ikkinchi taymda, o‘zbekistonliklar tashabbusni qo‘lga kiritib, ikkita to‘p kiritdi - 74 daqiqada Kenja To‘rayev, 86 daqiqada esa Oleg Zoteyev suriyaliklar darvozasini ishg‘ol qildi.

O‘zbekistonlik futbol sharhlovchisi Akbar Haydarov Ozodlik bilan suhbatda Suriya jamoasi kuchli raqib ekani, lekin o‘zbekistonlik futbolchilar g‘alaba qozonishiga ishonishini aytgan edi.

Quyida Akbar Haydarov bilan suhbatni tinglashingiz mumkin.



O‘zbekistonlik futbol ishqibozi A‘zamjon asabini saqlash uchun o‘yinni tomosha qilmasdan internet orqali faqat o‘yin natijasini kuzatib turganini aytadi.



Yaqinda yakuniy bosqich saralash o‘yinlarining so‘nggi ikki tur uchrashuvida mag‘lubiyatga uchragan O‘zbekiston terma jamoasi Olimpiya O‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmadan mosuvo bo‘lgandi.

2012 yilgi London yozgi Olimpiada o‘yinlariga Osiyo qit‘asi uchun 4 ta yo‘llanma ajratilgandi.

Shundan uchtasi uchinchi bosqich saralash bellashuvlari natijalariga muvofiq, o‘z guruhlarida eng ko‘p ochko bilan 1-o‘rinni egallagan Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari va Yaponiya Olimpiya terma jamoalariga nasib etdi.

Guruhlarida ikkinchi o‘rinda bo‘lgan O‘zbekiston, Ummon va Suriya endi so‘nggi to‘rtinchi yo‘llanma uchun o‘zaro kurash olib borishadi.

Pley-off uchrashuvlari 29 mart kunigacha davom etadi. Musobaqa g‘olibi esa, 23 aprel kuni Afrika chempioni Senegal jamosini yengishi kerak bo‘ladi.

Pleyoff doirasidagi keyingi uchrashuvni O‘zbekiston Olimpiya termasi 29 mart kuni Ummon jamoasi bilan o‘tkazadi.
XS
SM
MD
LG