Линклар

O‘zbekistonga choy va qahva keltirib sotgan “West Land General Trading” kompaniyasi huquq-tartibot idoralari tomonidan iqtisodiy jinoyatlarda ayblanmoqda.

Prokuratura idorasidagi manbaning ma‘lum qilishicha, bosh qarorgohi Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan mazkur kompaniya 21 milliard 464 million so‘mdan oshiq savdo tushumini yashirish, 6 milliard 885 million so‘mga yaqin boj va soliqlarni to‘lamaslikda aybdor, deb ko‘rilmoqda.

2008-2011 yillarda Birlashgan Arab Amirliklaridan O‘zbekistonga olib kirilgan 3 million 255 ming kilogramm qadoqlanmagan choy bahosi bojxona rasmiylashtiruvida pasaytirib ko‘rsatilgani aytilmoqda.

Kompaniyada faoliyat olib borgan bir necha afg‘onistonlik va o‘nga yaqin o‘zbekistonlik fuqaro ushbu jinoiy ishga daxldor, deb topilgan.

“West Land General Trading” kompaniyasiga Afg‘oniston fuqarosi, asli o‘zbek millatiga mansub Abdul Kabir Imom Nazar asos solgan.

Shirkat O‘zbekiston bozoriga 2004 yilda kirib kelgan.

Xalqaro miqyosida faoliyat yurituvchi shirkat 2010 yili Afg‘onistonning Tohar viloyatida oltin qazib olish bo‘yicha tenderda yutib chiqqandi.
XS
SM
MD
LG