Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:27

O‘zbekiston-Ummon o‘yini 29 mart kuni o‘tkaziladi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi payshanba kuni Ummon jamoasi bilan maydonga tushadi. O‘yin durang natija bilan tugagan taqdirda ham O‘zbekiston Senegal jamoasi bilan o‘ynash huquqini qo‘lga kiritadi.

Pley-off doirasida 27 mart kuni o‘tkazilgan Suriya bilan o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan O‘zbekiston jamoasi uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Endilikda O‘zbekiston - Ummon o‘yinida ustun kelgan jamoa 23 aprel kuni Senegalga qarshi maydonga tushadi.

Londonda o‘tadigan yozgi olimpiada o‘yinlariga hozirga qadar Osiyo jamoalari saralash o‘yinlarida g‘alaba qozongan Janubiy koreya¸ Yaponiya va Birlashgan arab amirliklari jamoalari yo‘llanma oldi.

Olimpiada o‘yinlarida Britaniya¸ Gabon¸ Marokash¸ Misr¸ Belarus¸ Shveytsariya¸ Ispaniya¸ Yangi Zelandiya¸ Braziliya va Urugvay jamoalari ham qatnashish haqqini qo‘lga kiritdilar.
XS
SM
MD
LG