Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:03

Avstriyadan O‘zbekistonga uchgan samolyot favqulodda Rostovga qo‘ndi


Avstriyaning Insburg shahridan 31 mart kuni Samarqand shahri tomon parvoz qilgan samolyot Rossiyaning Rostov-Don shahri aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi.

Rostov aeroporti vakiliga asoslanib Interfaks-Yug axborot agentligining xabar qilishicha, ekipaj samolyot motori moyning bosimi pasayib ketgani sababli qo‘nishga ruxsat so‘ragan va yerga muammosiz qo‘ngan.

Hozirda mutaxassislar texnik nosozlik sababini o‘rganmoqda.

Rostovga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan samolyot bortida yo‘lovchilar bo‘lmagani, faqat besh nafar ekipaj e‘zolari bo‘lgan.
XS
SM
MD
LG