Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:35

Toshkentda jamoat transporti chiptalari narxi oshdi


1 apreldan boshlab Toshkentda jamoat transporti - avtobus, tramvay, metro va marshrut taksilar chiptalari haqi 16,6 foizga, ya‘ni, 600 so‘mdan 700-800 so‘mgacha oshirildi.

Rasmiylar kira haqi oshgani sababini hozircha izohlamadi.

1 apreldan boshlab O‘zbekistonda gaz narxi ham oshirildi.

Hisoblagich o‘rnatilgan xonadon egalari bir kub metr gaz uchun avvalgidek 94,5 so‘m emas 107 so‘m 70 tiyin pul to‘laydi.

Ayni paytda, 1 apreldan boshlab elektr narxi 7,5 foizga, sovuq va issiq suv narxlari esa 15,5 foizga oshirildi.
XS
SM
MD
LG