Линклар

"Bugunning gaplari" dasturi mehmoni o‘shlik huquq himoyachisi Izzatulla Rahmatullayev bilan O‘shda etnik o‘zbeklar huquqlari borasida suhbatlashdik.

Bo‘hronlarni o‘rganish xalqaro guruhi (ICG) O‘shda etnik o‘zbeklar huquqlari poymol qilinayotganidan bong urmoqda

Guruhning “Qirg‘iziston: janubda etnik bo‘linishning kuchayishi” deb nomlangan hisobotida o‘zbek millatiga mansub fuqarolar quvg‘in qilinayotgani va ularning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda to‘laqonli ishtirok etishiga yo‘l berilmayotgani ta‘kidlanadi.

Qirg‘iziston rasmiylari mazkur hisobot yuzasidan ikki hil munosabat bildirmoqdalar. Bishkekdagi markaziy hukumat mamlakat janubida bunday holat mavjud ekanini tan olmoqda, biroq O‘sh shahar rasmiylari hisobotni “haqiqatdan uzoq hujjat” deb atamoqdalar. O‘sh shahar meriyasiga ko‘ra, bugungi kunda O‘sh shahrida millatlararo ishonch va inoqlik qayta tiklangan, shaharda o‘zbeklar huquqlari kamsitilmayapti, vaziyat kundan-kunga barqarorlashib bormoqda.

“Bugunning gaplari” rukni ostida berilayotgan navbatdagi suhbatimiz ayni mana shu mavzuga bag‘ishlandi.

Bugungi suhbatdoshimiz o‘shlik huquq himoyachisi Izzatullo Raxmatullayev.

XS
SM
MD
LG