Линклар

logo-print
Qozog‘istonning aroq ishlab chiqaruvchi firmalaridan biri o‘z mahsuloti etiketkasiga "Olloh" degan so‘zni kiritib, dindorlarning qattiq noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Qozog‘istondagi KTK telekanali xabariga ko‘ra, Oqto‘be shahridagi spirtli ichimlik ishlab chiqarayotgan “Geom” nomli shirkat aroq shishasiga yopishtirilgan qog‘ozga "Ollohdan o‘zga iloh yo‘q" mazmunidagi so‘zlarni bitgan.

Bu ichimlik mamlakatning shimoli-sharqidagi Semey shahri do‘konlarida sotuvga chiqarilgan.

Bu shahar imomlari esa bundan norozi bo‘lib, shirkatdan musulmonlardan namoyishkorona kechirim so‘rashni talab qilmoqda.

Ayni kezda yorlig‘iga Olloh nomi bitilgan aroqning har bir shishasi Semeydagi do‘konlarda 5 AQSh dollaridan hanuz sotilmoqda.
XS
SM
MD
LG