Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:58

O‘zbek rep qo‘shiqlariga ikki qatlamlik filtr qo‘yildi


“O‘zbeknavo” estrada birlashmasida rep qo‘shiqlarda haqoratomuz kalimalar qo‘llanilishiga qarshi kuchli nazorat tizimi joriy qilindi. Ayni paytda¸ ”Muallif va ijrochilar gildiyasi” qoshida ham shunday nazorat va filtr tizimi tashkil qilish ishlari bormoqda.

Rep mavzulari ham cheklandi


O‘zbekiston ”Muallif va ijrochilar gildiyasi”ning kontent va filtr bo‘limi boshlig‘i Anya Kachalova Ozodlik bilan suhbatda¸ Internetga yuklangan o‘zbek qo‘shiqlari nazorati bilan shug‘ullanish ustivor dolzarb vazifa sifatida belgilanganini aytadi.

O‘zbek ijrochilari gildiyasi vakilasi Anya Kachalovaning aytishicha¸ o‘zbek repchilariga faqat muhabbat haqida odobli tarzda rep "o‘qish" (Repchilar tilida rep kuylanmaydi¸ balki o‘qiladi) ga izn berilgan.

- So‘kish¸ ijtimoiy protest¸ fosh qilish kabi holatlarga izn berilmaydi. 14 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar segmentini qoplagan bu janr uchun qo‘yilgan cheklovlar to‘g‘ri deb o‘ylayman¸ deydi Kachalova.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ yetuk mutaxassislar jamlangan idora tavsiyalari o‘zbek repchilari ijodini yo‘naltirishda ijobiy rol o‘ynashi mumkin.

O‘zbekiston ”Muallif va ijrochilar gildiyasi” 2011 yilda o‘zbek musiqa san‘atini qaroqchilikdan asrash va mualliflik haqlarini himoya qilish¸ shuningdek virtual dunyodagi o‘zbek qo‘shiqchiligini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan davlat tizimidir.

Ayrim kuzatuvchilarga ko‘ra¸ "O‘zbeknavo" o‘ziga yuklatilgan vazifalarni ado etishda sustkashlik qilgani bois¸ O‘zbekiston madaniyati va san‘atini nazorat qiluvchilar shunday yangi tizim yaratishni maqsadga muvofiq deb topishgan.

Ozodbek Nazarbekov repchilarga "ustoz" bo‘ldi


“O‘zbeknavo” mulozimi Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda Rap va R&B yo‘nalishlarida ijod qilib kelayotgan xonanda Azeez AKA, hamda Eldor BEK “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining amaliy yordami asosida, yangi nom va yangi yo‘nalishdagi “Du TOR” nomli duet tuzganini ma‘lum qildi.

Mulozimga ko‘ra ¸ o‘zbek repchilari aytgan ashulalarning sarasi sarakka ajratilmoqda.

O‘zbek tele va radiokanallari¸ ovoz yozuvchi studiyalar elagidan uyat so‘zlardan iborat rep qo‘shiqlari o‘tkazilmayapti.

O‘zbek rep qo‘shiqchilariga tavsiyalar berish uchun “O‘zbeknavo”da O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovga maxsus xona ajratib berishdi.

Ozodbek Nazarbekovga muntazam tarzda rep qo‘shiqchiligi jarayonini kuzatib¸ yo‘naltirib borish topshirildi.

O‘zbek ijrochilari gildiyasi vakilasi Anya Kachalova¸ nafaqat Internetga rep yuklayotgan tizginsiz o‘zbek repchilari¸ balki o‘zi ham “O‘zbeknavo” estrada birlashmasidagi nazorat tizimidan bexabar ekanini bildirdi.

Rep o‘zbek yoshlarining erkin hududi


Biz o‘zbeklar replarmiz¸
Boss bo‘lmasak ham¸ sheflarmiz.
Dum dum tang¸ bak baka bang¸
Biz o‘zbeklar bug‘doyrang.


O‘zbek repchilarining Internetdagi Youtube.com portalida mashhur bo‘lgan bu qo‘shig‘i “O‘zbeknavo” badiiy kengashidan o‘tmagan.

Toshkent¸ Samarqand va Urganchdagi repchilarning shiru-shakar so‘kishlar doxil dahanaki janglari va qo‘shiqqa ko‘chayotgan o‘zaro e‘tirozlari ham badiiy kengash elagidan o‘tmagan.

O‘zbek ijrochilari gildiyasi vakilasi Anya Kachalovaga ko‘ra¸ aksariyat qismi yoshlardan tashkil topgan o‘zbek jamiyati uchun jiddiy holat bu:

- Tasavvur qiling¸ 15 yashar o‘smir o‘z uyida o‘tirvolib so‘kish to‘la rep o‘qidi va Youtubega yukladi. Sal o‘tmay bu rolikni yuz minglab yuzer tomosha qildi. O‘zbekistonda 8 million kishining Internetga ulanganini hisobga olsak¸ bu o‘smir katta auditoriyaga doxil ekanini ko‘ramiz. Bu auditoriya esa ertaga besh marta kattayishi mumkin. Bu jarayonni nazorat qilish zarur deb bilaman¸ deydi Kachalova.

So‘kinmasdan ham yaxshi rep o‘qish mumkin....


Suhbat davomida Kachalova o‘zining yosh ekani va so‘kish so‘zlar rep janriga xos ekanini anglagan holda¸ bu jarayon ham tushuntirish yo‘li bilan nazorat qilinishi mumkinligini aytadi.

- Yaxshi ijodkor uyat so‘zlar o‘rniga 124 ta boshqa so‘zlarni ishlatib o‘zini ifoda qila oladi.

Masalan¸ hofiz Timotini olaylik¸ uning uyat so‘zli repertuari ham bor¸ bu so‘zlardan xoli bo‘lgan qo‘shiqlari ham bor. Solishtirsak¸ keyingisi durustroq¸ degan fikr chiqadi¸ deydi o‘zbek ijrochilari gildiyasi vakilasi.

Kachalovaga ko‘ra¸ ijobiy o‘rnaklar asosida asta-sekin targ‘ibot yo‘li bilan o‘zbek repchi yoshlarining og‘ziga elak tutish mumkin.

Bu suhbatdan keyin Youtube portaliga Uzbek rap degan yozuvni yozganimizda¸ samarqandlik o‘zbek repchisi DivisioN-G ning "Hamma jim" degan yangi qo‘shig‘i yuklanganini ko‘rdik.

Bu qo‘shiqdagi "hamma jim" kalimasidan keyin¸ "sizlarni falon qildim¸ qildim" degan bayonot yangraydi.

Yiqildik¸
Chidadik.
Lekin bo‘yin egmadik.
Ketdik dalshe.
Kim endi qarshi?
XS
SM
MD
LG