Линклар

logo-print
O‘zbekiston Futbol federatsiyasi (O‘FF) Prezidenti Mirabror Usmonov Vadim Abramovning Milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimida qolishini ma‘lum qildi.

Bu haqda O‘FF rasmiy saytida ma‘lum qilindi.

O‘zbekiston Olimpiya jamoasining saralash o‘yinlarini omadsiz yakunlagani mahalliy matbuotda keskin tanqidga uchragan va Abramovning iste‘fosi haqidagi gap-so‘zlar paydo bo‘lgan edi.

Vadim Abramovning o‘zi ham Olimpiada-2012 saralashida O‘zbekiston jamoasining ishtirokiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida gapirib, agar O‘zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqadigan murabbiy topilsa, iste‘fo berishga tayyorligini bildirgan edi.

Mirabror Usmonov matbuotda Abramov sha‘niga bildirilayotgan tanqidlarga qaramay, “Federatsiya Vadim Abramovga ishonishini, uning milliy terma jamoadagi faoliyatini davom ettirishini” ta‘kidladi.

Vadim Abramov bir paytning o‘zida O‘zbekiston Olimpiya jamoasi va O‘zbekiston Milliy terma jamoasi murabbiyidir.

Abramovga ko‘ra, O‘zbekiston Olimpiya jamoasi reja bo‘yicha 14 mart kuni London yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi lozim edi.

Futbolchilarning Vetnamdagi o‘yinga ruhan tayyor bo‘lmagani mag‘lubiyatga sabab bo‘lganini ta‘kidladi murabbiy.
XS
SM
MD
LG