Линклар

Kecha Gretsiya parlamenti binosi oldida 77 yoshli pensioner o‘zining qashshoqlikka yuz tutishida hukumat aybdor ekani aytib, o‘z joniga qasd qildi.

Pensioner o‘zini otib, o‘ldirishdan avval yozib ketgan xatida olayotgan arzimagan nafaqa puliga yashash ilojsiz ekanini ta‘kidlagan.

Pensioner o‘limi ortidan bugun tunda Gretsiya poytaxti Afinada ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

Qariyb 1500 namoyishchi parlament binosini toshbo‘ron qilib, yoqilg‘i solingan shishalarni otishgan.

Politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagani xabar qilindi.
XS
SM
MD
LG