Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:53

Shahzoda Klaus mukofoti “Ilhom” teatriga berildi


Payshanba kuni Toshkentdagi “Ilhom “ teatri jamoasiga Shahzoda Klaus nomli Niderlandiya Qirollik jamg‘armasining yillik mukofoti topshirildi.

Mukofotni Niderlandiyaning Rossiyadagi elchisi Ron Keller topshirdi.

Shahzoda Klaus (Prince Claus Award) nomidagi bu mukofot Osiyo¸ Afrika¸ Lotin Amerikasi va Karib havzasidagi san‘atkor yoki ijodiy guruhlarga ular erishgan favqulloda yutuqlar e‘tirofi o‘laroq beriladi.

“Ilhom “ teatri matbuot xizmati boshlig‘i Veronika Zuriyevaning Ozodlikka bildirishicha, mukofot Alisher Navoiyning “Sab‘aiy sayyor” dostoni asosida hozirlangan spektakl namoyishidan keyin tantanali tarzda topshirilgan.

- Mark Vayl nomidagi “Ilhom” teatri bu mukofotga o‘zbek yoshlari tafakkurini uyg‘otgani va uning taraqqiy etishini rag‘batlantirishga hissa qo‘shgani uchun sazovor bo‘ldi. Har holda mukofot yorlig‘ida shunday deb yozilgan.

Ozodlik: Sizlarga berilgan mukofot haqida to‘xtalsangiz¸ bu qanaqa mukofot¸ kimga nima xizmatlari uchun beriladi?

- Mukofot bu endi Oskarga mukofotiga o‘xshash haykalcha. Teatrchilar uchun Oskar desa ham bo‘laveradi (kuladi). Oskarga o‘xshab buning ham pul ekvivalenti yo‘q. Obro‘siga kelsak¸ Afrika¸ Osiyo¸ Lotin Amerikasi va Karib havzasidagi mamlakatlar ichida 2011 yilning eng taraqqiyparvar teatr jamoasi deb topilishimizning o‘zi katta gap.

Ozodlik: Mark Vayl hayotligi davrida Ilhom teatri ko‘p sovrinlar olgan edi. Bu mukofot Vayl vafotidan keyingi ilk katta mukofot. Shu ma‘noda teatr Vaylsiz qanday faoliyat yuritmoqda. Yo‘lboshchisiz qolgan jamoa taqdiri haqida gapirsangiz.

- Mark Vaylsiz o‘tgan har onimiz o‘ta qiyin ekanini ta‘kidlayman. Bizga Vayl ijodkorligi doimo yetishmay turadi. Lekin u boshlagan ishlarni oxiriga yetkazish vazifasini baholi qudrat bajaryapmiz. Teatr eng avangard tarzda o‘z ijodini davom ettirmoqda.

Ozodlik: Mark Vayl “Ilhom” teatrini sovet paytida ham¸ undan keyin ham erkin ijod oroli tarzida saqlashga muvaffaq bo‘lgan edi. Vayl o‘limidan so‘ng bu mustaqillikka putur yetmadimi? Teatr Gulnora Karimovaning Fond Forumi tarkibiga kirgan, degan gap –so‘zlar yuribdi. Bunga aniqlik kirita olasizmi?

-Teatr hanuz mustaqil va erkin jamoa tarzida qolmoqda. Biz O‘zbekistondagi yagona nodavlat teatrimiz. Biz Fond Forum tarkibiga kirganimiz yo‘q. Vayl paytida qanaqa erkin bo‘lsak¸ hozir ham shunday erkinmiz¸ deydi Ozodlik bilan suhbatda “Ilhom “ teatri matbuot xizmati boshlig‘i Veronika Zuriyeva.

Ilhom teatri 1976 yili Toshkentda Mark Vayl Sovet ittifoqidagi ilk mustaqil teatr sifatida tashkil qilgan edi.

2007 yilning 6 sentyabrida Mark Vayl o‘z uyi oldida o‘ldirib ketilgan edi. Jinoyatni o‘rgangan O‘zbekiston adliya tizimlari¸ Mark Vaylning maishiy motivlarga ko‘ra o‘ldirilgani haqida bayonot tarqatgan edi.
XS
SM
MD
LG