Линклар

logo-print
O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova yaqin orada yangi musiqiy albomini tinglovchilar e‘tiboriga havola etmoqchi. Bu haqda Gulnora Karimovaning o‘zi Tvitterdagi sahifasida ma‘lum qilgan.

GooGooSha taxallusi bilan qo‘shiqlar kuylab kelayotgan Gulnora Karimova yangi albomdagi qo‘shiqlari o‘z shaxsiy kechinmalariga asoslanganini aytgan.

Yangi albom dunyo yuzini ko‘rishi bo‘yicha aniq bir sanani aytmagan Karimova undagi qo‘shiqlardan biri allaqachon Internetga qo‘yilganini ma‘lum qilgan. GooGooSha ning yozishicha, albomdagi qo‘shiq musiqalari trip-xop, soft-rok va pop-musiqa janrlaridagi eksperimentlar bo‘lib hisoblanadi.
XS
SM
MD
LG