Линклар

Dushanbe shahar prokuraturasi Yangi yil kechasi qorbobo kiyimida bo‘lgan Parviz Davlatbekovning o‘limi bo‘yicha tergovni yakunlab, hujjatlarni sudga taqdim qildi.

Sud yaqin kunlarda boshlanishi kutilmoqda.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, tergov idoralari 24 yoshli Parviz Davlatbekov o‘limi bo‘yicha dushanbelik sakkiz, shu jumladan, balog‘atga yetmagan bir shaxsga nisbatan ayblov e‘lon qilgan.

Yangi yil kechasi Tojikiston poytaxtida yoshlar o‘rtasida yuzaga kelmish mojaroda pichoqlangan Davlatbekov 2 yanvar kuni ko‘p qon yo‘qotish natijasida hayotdan ko‘z yumgandi.

O‘sha oqshom qorbobo kiyimida bo‘lgan Parviz, taxminlarga ko‘ra, bu libosni o‘z yaqinlarini Yangi yil bilan tabriklash uchun kiygan.
XS
SM
MD
LG