Линклар

O‘zbekiston avtomobillari Qozog‘istonda ham xaridorgir


GM-Uzbekistan qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan Matiz avtomobili.

GM-Uzbekistan qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan Matiz avtomobili.

Qozog‘istonlik xaridorlar ko‘proq "Matiz" avtomobiliga qiziqish bildirmoqda.

Qozog‘istonda “GM Uzbekistan” AQSh-O‘zbekiston qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar savdosi hajmi oshib bormoqda.

2012 yilninng yanvar-fevral oylarida Qozog‘istonda 260ta avtomobil sotilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobardan ko‘pdir.

Qozog‘iston poytaxti Ostonadagi Yevroosië institutining Iqtisodiët fakulteti dekani Saparboy Jubayev O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarning Qozog‘istonda ko‘proq sotilayotganiga bir necha sabab borligini aytdi.

Jubayevga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar texnik, ekologik va boshqa jihatlardan zamon talablariga javob beradi.

Ikkinchidan, iqtisodiy bo‘hrondan keyin qozog‘istonliklar ko‘proq Matiz kabi tejamkor va ixcham avtomobillar xarid qilishga harakat qilmoqda.

Uchinchidan, qozog‘istonliklar arzon va eski “inomarka”dan ko‘ra qimmatroq bo‘lsa ham O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi avtomobilni minish yaxshi ekanini tushunib yetmoqda.

Ayni paytda, Saparboy Jubayev Qozog‘istonda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarni sotadigan shirkatlar kam ekanini aytdi.

2012 yilning dastlabki ikki oyi hisobotiga ko‘ra, Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobillar ro‘yxatida Neskiya beshinchi o‘rinni, Matiz yanvar oyiga nisbatan 13 pog‘onaga yuqorilab, yettinchi o‘rinni egallagan.

“Qncepto consulting” ma‘lumotiga ko‘ra, o‘tgan yil Qozog‘istonda “GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan 3 ming 829ta avt
XS
SM
MD
LG