Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:32

Messi yana rekord o'rnatdi


Lionel Messi
Lionel Messi
"Barselona" futbol klubi o'yinchisi argentinalik Lionel Messi futbol tarixida bir mavsumda 60ta gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi. 7 aprel kuni "Saragosa" jamoasiga qarshi o'tgan o'yinda (4:1) Messi dubl muallifiga aylandi va 2011/2012 mavsumida kiritgan gollari sonini 60 ga yetkazdi.

Shunday qilib, 24 yashar "Barselona" hujumchisi 1973 yilda "Bavariya" jamoasi tarkibida to'p surgan Gerd Myullerga tegishli bir mavsumda 67 goldan iborat rekordga yaqinlashdi. Tahlilchilarga ko'ra, Messi joriy mavsumda Myuller rekordini yangilashi mumkin. Chunki "Barselona"ni oldinda yana kamida to'qqizta o'yin kutmoqda.

2011-2012 yil mavsumi Lionel Messi uchun samarali keldi, desak yanglishmaymiz. Chempionlar Ligasining 1/8 final javob uchrashuvida Messi "Bayer" jamoasi darvozasiga beshta gol urib, bir o'yinda kiritilgan gollar bo'yicha Ligada yangi rekord qo'ygan edi. "Barselona" jamoasida ham argentinalik hujumchi bu yil yangi rekord o'rnatdi - uning klub uchun kiritgan gollari umumiy soni 240 dan oshdi.

7 aprel kuni "Saragosa" jamoasiga qarshi o'tgan o'yinda esa "Barselona" jamoasi Ispaniya futbol klublari orasida bir mavsumda kiritilgan gollar bo'yicha o'rnatilgan rekordni yangiladi. 2011-2012 yilgi sezonda kataloniyaliklar 54 uchrashuvda 161 gol urishdi.

Bugungi kunga kelib "Barselona" Ispaniya chempionatida 75 ochko bilan ikkinchi o'rinda ketmoqda. Birinchilikni Madridning "Real" jamoasi 78 ochko (+1 o'yin) bilan egallab bormoqda. Mamlakat chempionati doirasida ikkala jamoa 22 aprel kuni to'qnanishadi.

Chempionlar ligasida esa "Barselona" yarim finalga chiqdi. Kataloniyaliklar yarim final doirasida 18 va 24 aprellarda "Chelsi" jamoasiga qarshi o'ynashadi.
XS
SM
MD
LG