Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:28

Yangi virus 600 ming Mac kompyuterini "zaharladi"


Yarim milliondan ziyod Mac kompyuterlari yangi virus - Flashback Trojan virus dasturi bilan "zaharlandi". Bu haqda bosh qarorgohi Rossiyada joylashgan Dr.Web antivirus dasturlarini ishlab chiqaruvchi tashkilot xabar bermoqda.

Dr.Web o'tkazgan izlanishga ko'ra, dunyo bo'ylab taxminan 600 ming Mac rusumidagi kompyuter ohirgi bir necha oy davomida shahsiy ma'lumotlarni o'g'irlovchi troyan virusini "yuqtirib" olgan. Ushbu virus zarar ko'rgan kompyuterlar yordamida "online" botnet, ya'ni tarmoq tuzadi. Odatda bunday tarmoqlar ommaviy tarzda spam yo'llash kabi noqonuniy harakatlarda ishlatiladi.

Yangi virusni yuqtirib olgan kompyuterlar dunyoning har chetida joylashgani, asosiy qismi esa AQShdaligi aytilmoqda.

Mutahassislarga ko'ra, Mac komyuteri uchun ishlangan troyan virusi Java dasturlash tilidagi zaifliklar orqali kompyuterga o'rnashib oladi. Mac kompyuterlari odatda antivirus dasturisiz ishlagani bois yangi virus oddiy foydalanuvchi uchun ko'rinmasligi mumkin. Shu bois FoxNews nashri oddiy "yuzer"lar uchun qulay bo'lgan kompyuterni troyan virusiga tekshirish va uni o'chirib tashlash usullarini chop etdi.

Mac kompyuteri Apple shirkati tarafidan ishlab chiqariladi. U o'zining chiroyli dizayni va virus dasturlarga chidamliligi bilan kompyuter foydanaluvchilari orasida mashhurdir. Mac kompyuteri Mac OS (Macintosh Operating System) operatsion tizimi asosida ishlaydi.
XS
SM
MD
LG