Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:21

Londonga futbolchilarimiz bormasa-da, Ermatov boradi!


Ravshan Ermatov Jahon chempionatida. Janubiy Afrika, 2010.
Ravshan Ermatov Jahon chempionatida. Janubiy Afrika, 2010.
Yosh futbolchilarimiz Londonga yo'llanmani qo'ldan chiqarishganiga qaramasdan u yerda o'tadigan Olimpiada o'yinlarida O'zbekiston futboli vakili ishtirok etadigan bo'ldi.

O'zbekiston futbol federatsiyasi (O'FF) tarqatgan xabarga ko'ra, o'zbekistonlik futbol hakami Ravshan Ermatov 2012 yili Londonda o'tadigan Olimpiada o'yinlarida xizmat ko'rsatadi.

FIFAning Hakamlar qo'mitasi joriy yilda 27 iyuldan 12 avgustgacha o'tadigan yozgi Olimpiada o'yinlarida hakamlik qiladigan referilar ro'yxatini tasdiqladi. Ular orasida Ravshan Ermatov boshchilik qilgan referilar jamoasi ham bor. FIFAga ko'ra, Londonda qanot hakamlari Abduhamidullo Rasulov (O'zbekiston) va Bahodir Qo'chqorovlar (Qir'giziston) Ermatovga yordam beradi.

FIFA Londonda o'tadigan Olimpiadada xizmat ko'rsatish uchun turli futbol konfederatsiyalaridan jami bo'lib 48 hakamni tanlab olgan.

Eslatamiz, o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov 2008 yildan beri ketma-ket to‘rt marotaba Osiyoning eng yaxshi hakami deb topilgan. U 2010 yili Janubiy Afrika Respublikasida o'tgan Jahon chempionatida ochilish o'yiniga va yana to'rt uchrashuvga hakamlik qilgan edi.

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi esa saralash o'yinlarining ohirgi bosqichlarida mag'lub bo'lib, London Olimpiadasiga yo‘llanma olish imkonini qo‘ldan chiqargan edi.
XS
SM
MD
LG