Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:40

Alisher Soipov o‘limi bilan bog‘liq ish qayta ko‘riladi


Jurnalistlar marhum Alisher Soipovni eslashmoqda.
Jurnalistlar marhum Alisher Soipovni eslashmoqda.
Qirg‘iziston Oliy sudi taniqli jurnalist Alisher Soipov o‘limi bilan bog‘liq mahkama ishini qayta ko‘rib chiqish haqida qaror chiqardi.

O‘sh shahrida o‘zbek tilida nashr etiluvchi "Siyosat" gazetasining 26 yoshli muharriri Alisher Soipov 2007-yil oktyabrida noma‘lum qurolli shaxs tomonidan otib ketilgan edi.

Jurnalistning otasi Avaz Soipovning aytishicha, o‘g‘lini o‘ldirishda ayblanib, ikki yil muqaddam 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Abdufarit Rasulov jinoyat sodir etilgan payti boshqa joyda bo‘lgan.

Rasulov 2009 yil fevralь oyida Botken militsiyasi tomonidan hibsga olingandi. Militsiya hibsga olish chog‘ida uning yonidan Makarov to‘pponchasi topilganini ma‘lum qilgan.

Jurnalistning ayni to‘pponchadan otib o‘ldirilgani xabar qilingan. "Siyosat" jurnalining muharriri Alisher Soipov O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning ashaddiy tanqidchilaridan biri sifatida tanilgandi.

Jurnalist o‘limidan sakkiz oy o‘tib, Avaz Soipov O‘zbekiston prezidentini o‘g‘lini o‘ldirishga buyruq berishda ayblab chiqdi.
XS
SM
MD
LG