Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:54

Shimoliy Koreyaning raketasi parvozga tayyor


Shimoliy Koreya rasmiylari shu haftaga rejalangan raketa parvoziga tayyorgarlik ishlari tugaganini ma‘lum qildi.

Fazo tadqiqotlar markazi vakillari ishtirokida seshanba kuni Pxenyanda o‘tkazilgan matbuot anjumanida xorijiy jurnalistlar ham qatnashdi.

O‘tgan oy Pxenyan rasmiylari Shimoliy Koreya davlati asoschisi Kim Ir Sen tug‘ilgan kunning 100 yilligi munosabati bilan 12 – 16 aprel kunlari Yer orbitasiga sun‘iy yo‘ldosh olib chiqadigan raketa uchirilishini e‘lon qilgan.

Shimoliy Koreya o‘zining raketa dasturi tinch maqsadni ko‘zlaganini iddao qilmoqda.

Raketa uchirish BMT rezolyutsiyalariga zid ekanini ta‘kidlagan Yaponiya, Janubiy Koreya va AQSh Pxenyan ballistik raketa sinovini amalga oshirayotgan bo‘lishi mumkinligidan tashvish bildirgan.

Xabarlarga ko‘ra, ayni paytda, Shimoliy Koreya uchinchi yadroviy sinovni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
XS
SM
MD
LG