E‘tiboringizga havola qilinayotgan Psiphon 3 dasturi yuqori malakali mutaxassislar tomonidan www.ozodlik.org sayti uchun maxsus ishlab chiqildi.
Psiphon 3 nima?
Psiphon 3 bu Psiphon Inc. kompaniyasi tomonidan yaratilgan VPN va HTTP proksi serverlar yordamida Internetga aylanma yo‘l bilan kirish imkonini beradigan yangi vositadir. Psiphon 3 kliyenti avtomatik tarzda Internetga kirishning yangi aylanma yo‘llarini topib, qo‘yilgan to‘siqlarni chetlab o‘tish imkonini oshiradi.
Psiphon 3 ni qayerdan topishim mumkin?
Psiphon 3 kliyent dasturini yuklab olish uchun mana bu linkni bosing yoki ozodlik@psiphon3.com manziliga imeyl yuboring. Bunda imeylni hech narsa yozmasdan, bo‘sh holatda yuborsangiz ham bo‘ladi, sizga yuborilgan javob xatida Psiphon 3 dasturiga doir linklar va izoh beriladi.
Psiphon 3 dasturini ishlatish uchun kompyuteringizda Windows XP, Windows Vista yoki Windows 7 dasturi bo‘lishi kerak. Mac OS X va mobil platformalar, jumladan Android uchun Psiphon 3 dasturi ustida ish olib borilmoqda!
Psiphon 3 ni ochiq manbalardan ham bepul yuklab olish mumkin. Manba kodi va unga oid hujjatlarni project home page saytidan topishingiz mumkin.
Psiphon 3 ni qanday o‘rnataman?
Psiphon 3 kliyent dasturini kompyuterga yuklab olib, o‘rnating. Dasturni o‘rnatganda, uning Psiphon Inc. kompaniyasiga doir qonuniy mahsuloti ekanligini anglatuvchi yozuv paydo bo‘ladi.
Dastur o‘rnatilishi bilanoq Psiphon 3 avtomatik tarzda Internetga ulanadi. Ulanayotganini anglatuvchi ikona paydo bo‘ladi.
Yashil ikonaning paydo bo‘lishi esa Psiphon 3 to‘siqni olib tashlab, sizni allaqachon Ozodlik saytiga olib kirganini anglatadi.
Dasturni yopganingizda, Psiphon 3 avtomatik tarzda aloqadan uziladi. Aloqa kanalini o‘zgartirish uchun tegishli belgini bosishingiz mumkin.
Ba‘zan VPN protokoli to‘silgan bo‘lishi mumkin, bu holda 20 sekund o‘tgach, Psiphon 3 avtomatik tarzda SSH kanali orqali HTTP va SOCKS proksi serverlar orqali kirish yo‘llarini taklif qiladi. Bu rejimda Internet trafikning hammasi Psiphon 3 orqali o‘tmaydi, ayrim ilovalar o‘tadi xolos. Psiphon 3 Windows tizimidagi proksi tartibini avtomatik ravishda barcha ommabop brauzerlar tan oladigan rejimga moslaydi.
Psiphon 3 dasturi Internet foydalanuvchilari yo‘lidagi har qanday g‘ovni olib tashlaydi.