Линклар

FIFA tashkiloti e‘lon qilgan futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar reytingida O‘zbekiston o‘tgan oyga nisbatan 2 pog‘ona pastladi.

Ayni damda O‘zbekiston FIFA jahon reytingida 69-o‘rindan joy olgan.

Osiyo zonasida esa O‘zbekiston 6-o‘rinda mustahkam bormoqda. Osiyoda birinchi beshtalikga Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron va Xitoy terma jamoalari kirgan.

FIFAning jahon reytingi birinchi uchtaligida esa Ispaniya, Germaniya va Urugvay terma jamoalari o‘rin olgan.

Mintaqa mamalakatlari orasida O‘zbekiston dadillik bilan birinchilikni saqlab qolmoqda.

O‘zbekistonning FIFA reytinggida egallagan eng yuqori pog‘onasi 2006 yil noyabr oyiga to‘g‘ri keladi. Unda terma jamoamiz jahon reytingida 45-o‘rinni olgan edi.

FIFA reytingi har oyda yangilanib turiladi.
XS
SM
MD
LG