Линклар

logo-print
Shimoliy Koreya fazo raketasini payshanba kuni uchirishi mumkin, degan taxminlar ilgari surilmoqda.

Pxenyan esa raketa uchiriladigan aniq sanani e‘lon qilgani yo‘q.

Chorshanba kuni Shimoliy Koreya rasmiylari raketaga yoqilg‘i quyish ishlari boshlangani xaqida xabar berishgan edi.

Pxenyan raketa Koreya xalq demokratik respublikasi asoschisi Kim Ir Sen tavalludining 100 yilligi munosabati bilan koinotga sun‘iy yo‘ldosh olib chiqajagini bildirmoqda.

Biroq Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari bu yerda gap ballistik raketa sinovi xaqida ketayapti, degan xavotirda.
XS
SM
MD
LG