Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:38

Namangan telekanali reklama uchun jazolandi


Namangan viloyatidagi “Namangan” telekanali “Muzlik davri” multfilmi namoyish etilayotgan paytda bolalarga ajratilgan vaqt 2 marta uzilib, reklama berilgani uchun jazolandi.

“Olam.uz” sayti ma‘lumotiga ko‘ra, “Namangan” televideniyesiga nisbatan bolalar auditoriyasiga mo‘ljallangan (14 yoshgacha) ko‘rsatuvlarda reklama joylashtirilgani uchun ish qo‘zg‘atilgan. Biroq sayt telekanalga qanday jazo berilgani haqida yozmagan.

O‘zbekiston Davlat monopoliyadan chiqarish qo‘mitasi tomonidan reklama joylashtirilayotganida qonunchilik talablariga amal qilinishi bo‘yicha 2012 yilning 1 choragi uchun o‘tkazgan monitoringi natijasida televideniye va radioda 8 ta qonunbuzarlik holati aniqlangan.
XS
SM
MD
LG