Линклар

O‘zbekiston futbol federatsiyasi Olimpiya terma jamoasi Vadim Abramov boshchilik qilgan murabbiylar shtabi bilan shartnomasini bekor qildi. Bu haqda Federatsiya rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Bunga O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Londonda o‘tadigan Olimpiada 2012 saralash o‘yinlari pley-off bosqichida muvaffaqiyatsiz ishtirok etkani sabab bo‘lganligi aytilmoqda.

Olimpiya terma jamoasiga Vadim Abramov, Marat Miftaxutdinov va Toxir Kapadzelar murabbiylik qilib kelishar edi.

O‘zbekiston futbol federatsiyasiga ko‘ra, Olimpiya terma jamoadan chetlatilishga qaramasdan, Vadim Abramov O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi vazifasida qoladi.
XS
SM
MD
LG