Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:45

Tolibon Kobulda rasmiy idoralarga hujum qildi


Kobuldagi Britaniya elchixonasi oldi.
Kobuldagi Britaniya elchixonasi oldi.

Afg‘oniston poytaxtining diplomatik idoralar joylashgan markaziy qismida yakshanba kuni bir necha portlash va otishmalar ro‘y berdi.

Portlashlar Kobulning xavfsizlik choralari kuchaytirilgan qismida, ya‘ni, prezident saroyi, AQSh, Germaniya, Britaniya elchixonalari, AQSh harbiy bazasi, shuningdek, BMT va NATO idoralari joylashgan hududga yaqin joyda amalga oshirilgan.

Asosiy nishon qaysi bino bo‘lgani ma‘lum emas.

Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Sidiq Sidiq Ozodlikka Kobuldagi hujumlar paytida talafot ko‘rilgani haqida ma‘lumot olinmaganini aytdi.

Sidiq poytaxt atrofiga blok postlar o‘rnatilgani va hujumlar amalga oshirilgan mavzelarga politsiya kuchlari keltirilganini aytdi.

- Bu yerga politsiya kuchlari keltirildi va odamlardan hududni tark etish so‘raldi. Ularning asosiy vazifasi - odamlarni himoya qilish. Biz hujumlar uchun mas‘ul bo‘lgan shaxslarni to‘xtatish ustida ishlayapmiz, - dedi Ichki ishlar vazirligi rasmiysi.

Frans press axborot agentligi Kobulning boshqa qismida joylashgan parlament binosi yaqinida ham portlashlar ro‘y berganini xabar qildi.

Afg‘oniston poytaxtida amalga oshirilgan hujumlar uchun mas‘uliyatni Tolibon harakati o‘z zimmasiga oldi.

Toliblar vakili Zabihulla Mujohid 15 aprel kungi hujumlar oldindan tayyorgarlik ko‘rilgan bahorgi isyonlarning boshlanishi ekanini aytdi.

Ayni paytda, toliblar 15 aprel kuni Jalolobod aeroporti yaqinida va Gardez shahrida sodir etilgan portlashlar uchun ham mas‘ul ekanini bildirdi.

Kapisa viloyatida yakshanba kuni amalga oshirilgan portlash oqibatida to‘rt nafar politsiya xodimi, jumladan, mahalliy politsiya boshlig‘i Jon Og‘a Fayz ham halok bo‘ldi.

Afg‘oniston Milliy xavfsizlik direktorati matbuot kotibi Lutfilla Mash‘al mamlakat sharqidagi Gardez va Jalolobod shaharlarida janggarilar uyushtirgan hujum bartaraf qilingani, ammo Puli-Alam va Kobulda tartibsiz otishmalar davom etayotganini bildirdi.

Mash‘al xavfsizlik kuchlari hujumlarda qancha janggari ishtirok etganini va qancha talafot ko‘rilganini hozircha aniqlay olmaganini aytdi.

- Amaliyotlar tugaganidan so‘ng Xalqaro koalitsiya va Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari talafotlar ko‘lami va hujumda qancha isyonchi ishtirok etganini aniqlaydi, - dedi Lutfilla Mash‘al.

Lo‘gar viloyatining Puli-Alam shahri rasmiylari 15 aprel kungi to‘qnashuvda uch xudkush o‘ldirilgani, xavfsizlik xodimlaridan to‘qqiz kishi yaralanganini ma‘lum qildi.
XS
SM
MD
LG