Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:33

Afg‘onistonda O‘IHning yana bir a‘zosi o‘ldirildi


O‘IHning Qunduz viloyatidagi janggarilari.
O‘IHning Qunduz viloyatidagi janggarilari.

Afg‘oniston harbiylari va Xalqaro koalitsiya kuchlari Tahor viloyatida o‘tkazgan harbiy amaliyot paytida O‘zbekiston Islomiy Harakati (O‘IH) a‘zosi yo‘q qilindi.

Xalqaro kuchlar matbuot xizmati 14 aprel kungi reydda o‘ldirilgan O‘IH a‘zosining ismini oshkor qilmadi.

Reyd davomida janggari ekanlikda gumon qilingan yana bir necha shaxs qo‘lga olingan, ularga tegishli avtomatlar va granatalar tortib olingan.

So‘nggi ikki oy davomida O‘IHning Afg‘onistondagi bir necha yuqori lavozimli lideri yo‘q qilindi.

8 aprel kuni Foryob viloyatining Almar mintaqasida mahalliy afg‘on harbiylari va xalqaro koalitsiya kuchlari o‘tkazgan reydda O‘IH yetakchilaridan biri Usmon Sohib o‘ldirilgan edi.

Xalqaro kuchlar ma‘lumotiga ko‘ra, Sohib Afg‘oniston shimolidagi O‘IH terrorchilarini qurollar, o‘q-dori va boshqa zaruriy narsalar bilan ta‘minlagan.

U 2006 yilda ikki afg‘on va Yarashish bo‘yicha viloyat komissiyasining ikki a‘zosi nobud bo‘lgan Foryob viloyatidagi hujum uchun qo‘lga olinib, 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan, ammo qamoq jazosini atigi olti oy o‘tagan.

Usmon Sohib 4 aprel kuni Maymana shahrida xudkush hujum uyushtirganlikda ham gumon qilingan. Hujum oqibatida olti afg‘onistonlik, AQShning uch askari nobud bo‘lgan, 26 odam yaralangan.

Sohib Afg‘oniston va Xalqaro kuchlar Foryob viloyatining Shirin Tag‘ob tumanida 26 mart kuni o‘tkazgan reydda o‘ldirilgan Mahdum Nusratning o‘rnini yaqinda egallagan edi.

Nusratga qarshi o‘tkazilgan amaliyot paytida yana ikki isyonchi qo‘lga olingan. Ularga tegishli bo‘lgan granatomyotlar, avtomatlar va granatalar tortib olingan.

Xalqaro kuchlar rasmiylariga ko‘ra, Mahdum Nusrat O‘IHning Afg‘onistonda faoliyat yuritgan eng yuqori lavozimli yetakchisi bo‘lgan.

Nusrat so‘nggi sakkiz oy davomida Afg‘onistonning shimoliy hududlarida hukumat va xalqaro koalitsiya askarlariga qarshi hujumlar uyushtirishni boshqarib kelgan.
XS
SM
MD
LG