Линклар

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Angren” maxsus industrial zonasi barpo etish to‘g‘risidagi farmonni 13 aprel kuni imzoladi.

Axborot agentliklari xabariga ko‘ra, ushbu zona yuqori qo‘shimcha qiymatga ega raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta‘minlaydigan zamonaviy, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qulay shart-sharoit yaratish maqsadida tashil etilmoqda.

Maxsus industrial zonada Toshkent viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirish ko‘zlangan.

Maqsad jahon standartlariga javob beradigan va jahon bozorlarida xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishni ta‘minlaydigan, xorijiy, birinchi galda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Bu hududda faoliyat yuritadigan korxonalarga soliq bo‘yicha imtiyozlar beriladi. Jumladan, sanoat hududidagi korxonalar daromad, mulk, sotsial infrastruktura yaratish va obodonlashitirish, yo‘l soliqlaridan batamom ozod etiladilar.

Angren industrial zonasi O‘zbekistonga mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan mahsulotlar va uskunalarni olib kirishsa, bojxona to‘lovlarini to‘lashda ham imtiyozga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston rahbari 2008 yil 2 dekabr kuni Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy hudud tashkil etish haqidagi farmonni imzolagan edi.

Prezident imzolagan avvalgi va keyingi farmonlarda ikkala industrial hududining faoliyat ko‘rsatish muddati 30 yilni tashkil etishi va bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkinligi bildirilgan.
XS
SM
MD
LG