Линклар

logo-print

“11 oy kalamushlar bilan yashadik”


Rossiyadagi millionlab o‘zbek mardikorlarining aksari qiyin sharoitda turmush kechiradi.

Rossiyadagi millionlab o‘zbek mardikorlarining aksari qiyin sharoitda turmush kechiradi.

Xorazm viloyati “Najot” inson huquqlari tashkiloti 12 aprel kuni 29 nafar xorazmlik mehnat muhojiri odam savdosi qurboni bo‘lgani to‘g‘risida xabar qildi.

Tashkilot rahbari Hayitboy Yoqubovning aytishicha, xorazmlik ikki shaxs o‘z yurtdoshlarini Rossiyaning Volgograd viloyati Voljskiy tumani Zakanalьe rayonidagi Pogromnыy kishlog‘iga 2010 yilning yanvarida olib borib, 10 oydan keyin ish haqi bermay O‘zbekistonga qaytarib yuborgan.

Aldangan xorazmliklarning Ozodlikka aytishicha, huquq-tartibot organlari ularning shikoyatlarini ko‘rib chiqib, yuz bergan voqeada jinoyat alomatlari topilmaganini bildirgan.

“Najot” inson huquqlari tashkilotidan yordam so‘rab murojaat qilgan 29 kishidan biri Gavhar Nurillayevadir.

U kishi hamyurtlari bilan birgalikda 10 oy davomida Pogromniy qishlog‘ida qanday sharoitda yashagani to‘g‘risida aytib berdi.

Turar joy


- Oldingi soyuz davrida rabochiylarning vagonchiklari bo‘lardik, ana shunaqa vagonchiklar. Chirib ketgan. Ichida dumi uzun sichqonlar bor edi. Rossiyada “krisa” deyisharkan. Ana shu krisalar bolalab yuribdi. Kechqurunlari uxlay olmaysiz. Poda-poda bo‘lib chiqishadi. Matraslari, ko‘rpalariga kelsak, chirib ketgan, eski. yostiq yo‘q.

Uy anjomlari


- Choy ichishga piyola yo‘q, choy damlashga choynak yo‘q, suv olib kelish uchun chelak yo‘q, kir yuvishga lagani yo‘q, umuman mutlaqo tasvirlab bera olmayapman.

O‘z va o‘gaylar


Ozodlik: Shunaqa sharoitda necha oy yashadinglar?

- 10 oy yashadik.

Ozodlik: Gruppada necha kishi edinglar?

- 205. O‘zbek odamlar 205ta. Shuning ichida 60tasi o‘zining qarindoshlari. Og‘a-inisi, opa-singillari, ularning sharopitlari mutlaqo boshqacha. Yaxshi vagonchiklarda yashashadi. Produktaning ham yaxshilarini o‘zlari olib qoladi.

Bir choy qoshiq shakar


- Bizga gorox bilan makaron borku, o‘shani suvga solib qaynatib berishadi. Ertalab 15-18 odam bo‘lsa bir vagonchikda, shu odamga bir choy qoshiq shakar, non bo‘ldi. Boshqa hech nimasi yo‘q.

Qaro tundan qaro tungacha


Ozodlik: Bir kunda necha soat ishlardinglar?

- yoz oylarida ertalab soat 4dan kechqurun soat 9-10gacha. Ovqatimizni qorong‘ida yerdikda. Svet yo‘q.

Ish haqi qaytish biletiga yetdi xolos


Ozodlik: Shunday sharoitda yashab, shunday sharoitda tongdan tun qoronshg‘igacha ishlab 11 oy davomida necha pullik bo‘ldingiz?

- Bizning oylik nimamizdan har oyda 6000 rubldan pul berishi kerak edi. Bizga ish tamom bo‘lgandan keyin ketar mahalimiz kelganida pasportning ichiga faqat 8000 rubl, bu 8000 rubl bizga yo‘lkira ekan. Ana shu 8000 rublni berib, bularning o‘zlarining odamlari bor ekan, nima deydi, sheriklari desam ham bo‘ladi, bizlarning pasportimizni berdirmay, avtobus olib kelib qo‘yib, 8000 rublni berib, avtobusga mindirib bo‘ldi deb javob berishdi qo‘ydi.

Bu dahshatni “Najot” inson huquqlari tashkilotidan yordam so‘rab murojaat qilgan 29 kishidan biri Gavhar Nurillayevadan eshitdik.

“6 ming rublli maosh va‘da qilishdi”


Odam savdosi qurbonlaridan yana biri Oybek Sobirovdir. Undan Rossiyaga qanday borib qolganlari to‘g‘risida so‘radik.

- 24 dekabr kuini Rossiyada dalada ishlash uchun taklif qildi.

Ozodlik: Qaysi yili?

- 2010 yilda. 10 yanvar kuni bizlarni Yarash ismli notanish shaxsning avtobusiga mindirib yubordi. Shunda bizning pasportlarimizni yig‘ib olib ketdi. Biz Volgograd oblasti, Voljskiy tumaniga borib tushdik. Qarasak dala ishlari ekan. Uy tomonda dogovor qilib gaplashgan edik. “May oyigacha har oyda 6000 rubldan beramiz. May oyidan keyin kunlik ish bilan ishlaysizlar” deb va‘da berdi.

Ozodlik: Yanvar oyida borsangiz, Volgograd viloyatida qanaqa dala ishi bo‘lishi mumkin? Bir metr qorku.

- Boshida parnik ishlari bilan shug‘ullandik.

Ozodlik: 6000 rubl juda oz pul emasmi? 6000 rubl 200 dollar xolos. Shunga arziydimi shuncha uzoqqa borib ishlash?

- May oyida dalaga chiqqandan keyin uni kerak bo‘lsa, haftasiga topasiz yig‘im-terimida. Shunga ishontirib olib ketdida, deydi Oybek Sobirov.

Oybek Sobirovning ham, odam savdosi qurbonlaridan yana biri Gavhar Nurillayevaning ham hikoyalari uzun va batafsil bo‘ldi.

Vaqt ziqligi uchungina qisqa qilayapmiz.

“Xorazmda odam savdosi bilan shug‘ullanadigan mafiya bor”


Biz 29 xorazmlikning aldangani to‘g‘risida xabar tarqatgan Xorazm viloyati “Najot” inson huquqlari tashkiloti rahbari Hayitboy Yoqubovga ham bir necha savol bilan murojaat qildik.

Ozodlik: Hayitboy aka, men Oybek Sobirov hamda Gavhar Nurillayevalar bilan suhbatlashdim. Ular o‘zlarining ko‘rgiliklari to‘g‘risida nima uchun huquq-tartibot organlariga emas sizga murojaat qilishdi?

- Bu fuqarolarimiz barcha huquq-tartibot organlariga murojaat qilib bo‘lishgan. Ular oldin mahalliy uchastka noziriga, keyin mahalliy prokuraturaga, keyin viloyat prokuraturasiga, hatto MXXga 2011 yil 7 dekbarda murojaat qilishgan.

Ozodlik: Ularning siz tilga olgan idoralarga murojaat qilganini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rdingizmi?

- Ular menga arizalari bilan mana shu tashkilotlarga bergan yozishmalarining nusxasini ilova qilishgan. Men ulardan ariza olgan paytda ulardan pasportlarini, mana shu hujjatlarni olaman.

Ozodlik: Huquq-tartibot organlarining javoblari qanday bo‘ldi?

- Militsiya, prokuratura, MXX ning bergan javobi bir-birini takrorlaydi. “Mana sizning xabaringiz falonchaga jo‘natildi, u xabar baradi”. Uch-to‘rt oy o‘tgandan keyin shunaqa bo‘layaptiki, “Sizning bnegan arizalaringizda jinoyat alomatlari yo‘q” degan javobni olishayapti.

Ozodlik: Balki chindan ham jinoyat alomatlari yo‘qdir. Oybek Sobirov, Gavhar Nurillayeva va boshqalar Rossiyaga olib borgan odamning ustidan tuhmat qilishayotgandir.

- Shaxsan men bunga ishonmayman. Chunki ular menga shumnaqa narsalarni ilova qilishdiki, u kishining oldingi qilgan harakatlari, masalan uning uy-joyi, olgan mashinalari va hokazo, keyin e‘tibor bersangiz, men 29 kishiga ishonaymi yoki bitta mana bunga ishonaymi?

Ozodlik: Unda nima uchun huquq-tartibot organlari o‘sha odamning ustidan yozilgan shikoyatni o‘rganib chiqar ekan jinoyat alomatlari yo‘q degan xulosaga keladi?

- Oldin bulardan ariza olinadi. Keyinchalik tergov-surishtiruv paytida o‘sha holatlar boshqatdan, yangidan o‘zgartiriladi. Kimdir bularga diktovat qiladi mana shunday yozish kerak deb, kimdir ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Keyin birinchi bergan arznomalar o‘zgartirilib, oxirida ko‘rindiki, oldiniga bularni himoya qilib turishadi, bir oydan keyin bular jinoyatchiga, jinoyatchi esa xalqparvar bo‘lib chiqadi.

Ozodlik: Keyingi paytlarda O‘zbekiston hukumati odam savdosiga qarshi kurashni kuchaytirgani to‘g‘risida xabarlar ko‘p. Siz o‘zingiz yashab turgan viloyatda odam savdosida ayblanib javobgarlikka tortilgan shaxslar borligi haqida bilasizmi?

- Bu vaqti-vaqti bilan gazetada yoki televizorda shunday bo‘lib turadi. Lekin shaxsan men Xorazmda hozircha bilmayman javobgarlikka tortilganligini. Lekin odam savdosi bilan shug‘ullanib yurgan, bir-biri bilan birlashgan odamlarni bilaman. Bular hozir katta mafiyaga aylanib ketgan. Lekin ularni hech kim qonun bilan hal qila olmaydi, deydi Hayitboy yoqubov.

Xorazm viloyati “Najot” inson huquqlari tashkiloti rahbari Hayitboy Yoqubovning so‘nggi gapidan kelib chiqib, chindan ham shundaymi, degan savolni Xorazm viloyat huquq-tartibot organlari rahbarlariga berishning hozircha ilojini qilolmadik.

Lekin odam savdosi qurbonlari Oybek Sobirov va Gavhar Nurillayevaning hamda ularning huquqlarini himoyalashga bel bog‘lagan Hayitboy Yoqubovning aytganlariga ishonilsa, huquq-tartibot organlari rahbarlaridan jo‘yali javob olishimizga ko‘zimiz yetmaydi.

Javobni faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, istasa, ola biladi.

Xorazmlik bir necha o‘n kishini “suvga olib borib sug‘ormay qaytargan” ikki ayolning ism-familiyalarini bilamiz. Lekin aybsizlik prezumptsiyasi printsipidan kelib chiqib, aytmaslikka qaror qildik.

Odamfurush ayollarning ism-familiyalarini maqolamiz qahramonlari aniq biladi. Ularni esa topish oson.

Oybek Sobirov o‘zini mana bunday tanishtirdi.

- Men Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Muxomon qishlog‘idanman. Ismim Oybek Sobirov. Yoshim 39da. Kasbim duradgor.

Gavhar Nurillayeva ham o‘zi haqdagi ma‘lumotlarni batafsil aytib berdi.

- Men Gavharjon Nurillayeva. Xorazm viloyati, Hazorasp tumani, Bahodir Matrizayev mahallasida yashayman,. yoshim 53da. To‘rtta farzandim bor. Uy bekasiman. Ma‘lumotim o‘rta.

Bu mavzuga yana qaytamiz.


XS
SM
MD
LG