Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:49

O‘IH Pokiston qamoqxonasiga hujumga mas‘uliyatni iddao qilmoqda


O‘zbekiston Islomiy Harakatining yetakchisi Usmon Odil.
O‘zbekiston Islomiy Harakatining yetakchisi Usmon Odil.

Harakatning rasmiy saytidagi bayonotda O‘IH janggarilari Pokistonning Bannu shahridagi qamoqxonaga 15 aprel kuni uyushtirilgan hujumda ishtirok etgani aytilgan.

O‘zbekiston Islomiy Harakatining Pokistonda qamoqxonaga uyushtirilgan hujum uchun mas‘uliyatni olib tarqatgan bayonotida jumladan bunday deyilgan:

"O‘zbekiston Islomiy Harakatining mujohidlari mintaqadagi o‘z ansorlari bilan hamkorlikda hijriy qamariy 1433 yil, jumadul avval oyining 22 dan 23 ga o‘tar kechasi, yakshanba kecha (14 dan 15 aprelga o‘tar kechasida) Pokistonning shimoli‑g‘arbidagi Bannu shahrida katta jihodiy amaliyot o‘tkazdilar.

Shu shaharda joylashgan Pokiston tog‘ut hukumatining 4000 dan ziyod asirlar saqlanayotgan qamoqxonasiga hujum uyushtirilib, qamoqdagilarning barchasi ozod etildi. 3000 dan ortiq mazlum va mazlumalar o‘sha onda har tomonga tarqalib, 1000 ga yaqini mujohidlar safiga qo‘shildilar", deyiladi O‘IH ning rasmiy saytida berilgan bayonotida.

Harakat bayonotida jangarilardan biror kishiga talofot yetmagani, faqat ikki kishi jarohatlangani aytilgan.

Shuningdek, rasmiy notiq Yahyo Hikmatiy nomi bitilgan bayonotda "O‘IH bundan keyin ham jihodni davom ettirishi" bildirilgan.

Granatamyot va avtomatlar bilan qurollangan janggarilar Pokiston shimoli-g‘arbida joylashgan Bannu shahri qamoqxonasiga yakshanbaga o‘tar kechasi hujum qilgan va natijada 384 nafar mahbus qochib ketgan edi.

Pokiston rasmiylarining Ozodlikka aytishicha, janggarilar sobiq prezident Parvez Musharrafga qarshi suiqasd qilish urinishida ishtirok etgan Adnan Rashidni ozod qilish maqsadida qamoqxonaga hujum qilgan.

Pokiston politsiyasi 384 mahbus qochishga muvaffaq bo‘lganini tasdiqladi.

Tolibon harakati matbuot vakili Asim Mahsud hujumni toliblar amalga oshirganini iddao qildi.

Mahsud qamoqxonaga uyushtirilgan hujumda 150ga yaqin “xudkush” ishtirok etganini aytdi.

Endilikda O‘zbekiston Islomiy harakati o‘z janggarilari bu amaliyotda ishtirok etgani va harakat vakillaridan talofot berilmaganini aytmoqda.

Lekin Toliblardan farqli ravishda O‘IH 4000 dan ziyod odam saqlangan qamoqxonaning barcha mahbuslari ozod etilgani va ularning janggari guruhlar safiga qo‘shilganini iddao qilmoqda.
XS
SM
MD
LG