Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:07

“Xizbulloh” lideri Assanjning ilk mehmoni bo‘ldi


Rossiyaning ingliz tilida ishlovchi Russia Today telekanalida WikiLeaks Internet-resursi muassisi Julian Assanj boshlovchilik qiladigan turkum tok-shoularning birinchi soni 17 aprel kuni efirga uzatildi. Assanj olib boradigan dastur nomini o‘zbekchaga “Ertangi kun dunyosi”, deb o‘girish mumkin. Shia musulmonlarning radikal “Xizbulloh” guruhi lideri Xasan Nasrulloh yangi dastur birinchi soni mehmoni bo‘ldi.

“Ertangi kun dunyosi” ko‘rsatuvi olib boruvchisi Julian Assanj “Xizbulloh” lideri Xasan Nasrulloh G‘arb axborot vositalariga 2006 yildan beri birinchi bor intervyu berayotganini eslatib o‘tdi.

- Nima uchun bir kishini bir paytning o‘zida millionlab kishi ozodlik uchun kurashchi, deb ataydiyu boshqa millionlab kishi uni terrorchi, deb biladi, men shuni bilgim keladi. Bu uning Isroil-Livan urushidan - 2006 yildan beri G‘arbdagi birinchi intervyusidir. U boshqaradigan “Xizbulloh” partiyasi Livan hukumati a‘zosidir. Mehmonimiz partiya lideri Said Xasan Nasrulloh, deb tanishtirdi suhbatdoshini Julian Assanj.

Isroil va AQSh terrorchi deb e‘lon qilgan Nasrulloh Assanj bilan kompyuter orqali Bayrutdan turib bog‘landi.

Ko‘rsatuv olib boruvchisining o‘zi esa, Buyuk Britaniyada – uy qamog‘i sharoitida o‘tirib ishladi. Jinsiy tajovuz bilan bog‘liq jinoyat sodir etgan degan ayblov e‘lon qilingan Assanjni Britaniyadan Shvetsiyaga ekstraditsiya qilishlari mumkin.

Assanj o‘zi ustidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini WikiLeaks resursida minglab maxfiy materiallar, jumladan AQSh Davlat departamenti hujjatlarini e‘lon qilib yuborgani bilan bog‘lamoqda.

Julian Assanj Amerika diplomatik va harbiy idoralarining yozishmalarini WikiLeaks orqali oshkor qilib yuborgani uchun AQSh hukumati tomonidan ayblangan edi.

Assanj olib boruvchilik qilishni boshlagan “Ertangi kun dunyosi” ko‘rsatuvi sarf-harajatini Rossiya hukumati ko‘taradigan ingliz tilida ishlovchi Russia Today telekanalida namoyish qilinmoqda.

Assanjning iddaosicha, uning tok-shousi mehmonlari boshqa yirik telekanallarda ayta olmaydigan gaplarini aytib olishi mumkin.

“Xizbulloh” lideri Xasan Nasrulloh omma orasida kam ko‘rinadi va buning sababini Isroilning suiqasdi qurboni bo‘lishdan qo‘rqishi bilan izohlaydi.

Assanj bilan suhbat chog‘ida Nasrulloh u boshqarayotgan “Xizbulloh” Suriyada muloqot tiklanishiga harakat qilayotganini ta‘kidlar ekan, AQSh va Isroilni fuqarolar urushi keltirib chiqarishga urinayotganlikda aybladi.

Nasrulloh Assanjning savollariga javob berar ekan, Suriya muxolifatchilarini ayblab, “ular juda ko‘p tinch aholini o‘ldirdi” va Suriya hukumati bilan muloqotdan bosh tortdi, dedi.

“Xizbulloh” lideri, shuningdek, Suriya prezidenti Bashar Asadning “Falastin masalasida xizmatlari katta” ekanligini va u “Isroil va AQSh bosimi oldida chekinmaganini” ta‘kidlab o‘tdi.
XS
SM
MD
LG