Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:41

Jizzaxlik sudya Toshturmada vafot etdi


Shu yilning 17 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyati sudining sobiq raisi Mo‘min Shukurullayev O‘zbekiston Respublikasi IIV JIEBBga qarashli Toshkentdagi 64/1-hibsxonada vafot etdi.

Sobiq sudyaning o‘limi yuzasidan tayinlangan sud-tibbiyot ekpertiza xulosasiga ko‘ra, mahkum buyrak yetishmovchiligi va o‘tkir buyrak xuruji tufayli olamdan o‘tgan.

Shuningdek, Toshkent shahar Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan dastlabki surishtiruv natijalarida sudyaga nisbatan qiynoq qo‘llanilmagani aniqlangan.

49 yashar sud raisi Shukurullayev 2011 yilning 19 noyabr, shanba kuni soat 14 da o‘z xizmat xonasida mahalliy fuqarolardan biridan shu viloyatning Zarbdor tumani sudi raisi O‘tkir Abdullayev vositachiligida 2000 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan paytida MXXning Jizzax viloyati boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan hibsga olingan edi.

“Ozodlik” radiosi shu yilning 16 martida jinoyat ishlar bo‘yicha Jizzax viloyati sudi raisi Mo‘min Shukrullayev va Zarbdor tuman sudi raisi O‘tkir Abdullayevning javobgarlikka tortilgani haqida xabar bergandi.

Shu yilning fevralь oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati sudi sudyasi O. Pardayev raisligida o‘tgan mahkamada Shukurullayev O‘zbekiston Respublikasi JKning 205-moddasi (Mansab vakolatini suiiste‘mol qilish) va 210-moddasi (Pora olish) bilan ayblanib, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Jazoni o‘tash umumiy tartibdagi koloniyalarga belgilangan, ammo sobiq sudьyaning himoyachilari hukm ustidan kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan edi.

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyatining Jizzax viloyati bo‘limi raisi Abay Baybulatovdan olingan ma‘lumotga ko‘ra, marhumning jasadi Samarqand viloyatiga olib ketilgan va u yerdagi ona qishlog‘ida dafn qilingan.
XS
SM
MD
LG