O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Ruslan Mirzoyev, Tojikiston Chegara qo‘shinlaridagi ishonchli manbaning Ozodlikka ma‘lum qilishicha, tojikistonlik hamkasbi general-leytenant Sherali Mirzoyev bilan muloqot chog‘ida ikki davlat chegaralaridagi bahsli hududlar, jumladan, Farhod GESi va uning to‘g‘oni masalasini ham muhokama qilgan.
Biroq 14 aprel kuni ikki qo‘shni davlat Chegara qo‘shinlari rasmiylari muzokarasida bahsli hududlar ham muhokama qilinganmi yoki yo‘qmi – bu har ikkala tomondan ham rasman tasdiqlanmadi.
- O‘sha muzokarada bizdan biror kishi qatnashmagan. Aynan qaysi masalalar ko‘rilganidan ham xabarsizmiz, - dedi jumladan Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi mas‘uli Davlat Nazriyev.
Xorijiy va mahalliy axborot agentliklarining O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga tayangan xabar qilishicha, ikkala qo‘shni respublika Chegara qo‘mondonlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zbek-tojik chegaralaridagi vaziyat muhokama qilingan. Shuningdek, tomonlar chegaraoldi hudud aholisining nazorat o‘tkazish postlaridan o‘tib-qaytishi hamda tranzit mollari bilan bog‘liq prodtsedurani qayta ko‘rib chiqishga kelishib olgan.
Ikki qo‘shni davlat munosabatlarida so‘nggi bir necha oy davomida kuzatilgan sovuqchilikdan so‘ng, kuzatuvchilarga ko‘ra, o‘zbek-tojik chegarachilarining o‘zaro hamkorlikni mustaqhamlashga oid kelishuvga erishishi O‘zbekiston va Tojikiston aloqalarining iliqlashayotganidan darakdir.
Bundan bir necha kun avval “O‘ztransgaz” va “Tojiktransgaz” shirkat rasmiylari O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida muzokara stoliga o‘tirgani va uning natijasida 16 apreldan boshlab Tojikistonga o‘zbek tabiiy gazini yetkazib berishga oid shartnoma imzolangani ham tojik jamiyatida olqishlangandi.
- So‘nggi bir necha oy davomida O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlarida kuzatilgan taranglik tufayli “ikki qo‘shni davlat o‘rtasida urush bo‘lishi aniq”, deganlar ko‘pchilik bo‘ldi. Lekin men bu fikrlar puch ekanini aytib keldim. Chunki noto‘g‘ri siyosat umumiy manfaatlarga zid ekanini har ikkala respublika davlat rahbarlari va siyosiy doiralari yaxshi anglaydi. Menimcha, bugungi sharoit O‘zbekiston va Tojikistonni siyosiy va iqtisodiy masalalarda bir yoqadan bosh chiqargan holda ish tutishga majbur qilmoqda. Shuning uchun bo‘lsa kerak, so‘nggi bir hafta ichida har ikkala tomon uchun ham foydali shartnomalar imzolandi, - deydi mustaqil tahlilchi Komyob Jalilov.
Biroq O‘zbekiston va Tojikiston ayrim davlat idoralari o‘rtasida imzolangan kelishuvlar “shunchaki xo‘jako‘rsin uchun” ekanini aytayotgan tahlilchilar ham bor.
- Bir tomondan, chegarachilarning hamkorlik borasida kelishib olgani yaxshi xabar. Lekin boshqa tomondan bu, menimcha, shunchaki xo‘jako‘rsinga qilinayotgan tadbir. Qish o‘tdi, bahor va ekin-tikin mavsumi keldi. Bu davrda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga suv juda zarur bo‘lgani uchun ham u tomon Tojikistonning ko‘nglini olish maqsadida shunday ish tutayotgan bo‘lishi mumkin, - deya mulohaza bildiradi siyosiy tahlilchi Ne‘mat Mirsaidov.
Avvalgi yillar ham O‘zbekiston va Tojikiston chegarachilari narkotiklar noqonuniy oqimining oldini olish va bu yo‘nalishda o‘zaro ma‘lumot almashish borasida kelishib olgan edi.
Biroq o‘tgan vaqt ichida har ikkala davlat chegarachilari afg‘on qora dorisining mintaqaga oqimi o‘tgan yillarga nisbatan ko‘proq qaydga olinayotganida bir-birini ayblashdan nariga o‘tmadi.