Линклар

Iyul oyida 77 odamni o‘ldirganini tan olgan norvegiyalik Anders Bering Breyvik bugungi sud majlisida hakamlardan o‘zini oqlab ozodlikka chiqarish yoki o‘lim jazoga hukm etishni so‘radi.

Norvegiyada o‘lim jazosi bekor qilinganiga qaramay¸ Breyvik o‘ziga tayinlanishi mumkin 21 yillik qamoq jazosini rahmdillik deya baholadi.

Norvegiya poytaxtida uch kundan beri davom etayotgan mahkama jarayonida prokurorlar Breyvikdan xorijdagi janggari millatchilar va o‘zi a‘zo ekanini da‘vo qilayotgan guruh haqida savol berdi.

Bu savollarga javob berishdan bosh tortgan Breyvik prokurorlarni mazkur millatchi janggarilar tarmog‘i mavjudligiga shubha solayotganlikda aybladi.

Breyvik suddagi chiqishida Norvegiyaga yana ikki millatchi guruh tomonidan hujum uyushtirilishi mumkinligidan ogohlantirdi.
XS
SM
MD
LG