Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:42

"Paxtakor" rahbariyati Ozodlikka izoh berdi


"Paxtakor" futbol klubi vitse-prezidenti Samvel Babayan.
"Paxtakor" futbol klubi vitse-prezidenti Samvel Babayan.

"Paxtakor" klubi direktori o‘rinbosari Ravshan Salimov Ozodlikka intervyu berib, klub rahbariyati atrofida bo‘layotgan gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi.

18 aprel kuni Osiyo Chempionlar ligasi doirasida Dohada o‘tkazilgan "Al-Arabi" hamda "Paxtakor" klublari o‘rtasidagi o‘yin 0:1 hisobida “paxtakorchilar” g‘alabasi bilan yakunlandi.

Qatardagi bu g‘alaba bilan “Paxtakor” Osiyo Chempionlar ligasida o‘z guruhida ikkinchi pog‘onaga ko‘tarildi.

“Paxtakor” jamoasi keyingi o‘n yil ichida 8 marotaba O‘zbekiston chempioni va 10 marta O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘ldi.

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) esa so‘nggi o‘n yildagi natijalarga ko‘ra "Paxtakor" klubini Osiyoning eng yaxshi jamoalari orasida ikkinchi o‘ringa qo‘ydi.

“Paxtakor” qo‘lga kiritarayotgan muvafaqqiyatlarga keyingi ikki hafta davomida paydo bo‘lgan gap-so‘zlar soya tashlaganday bo‘ldi.

4 aprel kuni futbol ishqibozlarining “Paxtakor” klubi vitse-prezidenti Samvel Babayanning iste‘fosini talab qilib chiqishi o‘zbek futbol olamida kutilmagan shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

“Paxtakor” klubida 10 yildan buyon faoliyat yuritayotgan 41 yoshli Samvel Babayanga nisbatan e‘tirozlar ijtimoiy tarmoqlarda eng muhokama qilinayotgan mavzulardan biriga aylandi.

Ozodlik 17 aprel kuni ushbu mavzuni yoritib, voqea tafsilotlarini o‘rganishga harakat qildi.

Biroq “Paxtakor” rahbariyatining Dohada o‘yinni kuzatishga ketgani bois, ular bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmagan edi.

18 aprel kuni “Paxtakor” klubi vitse-prezidenti Samvel Babayan bilan bog‘langanimizda, u safardan endigina qaytganini aytib, vaqt topib, Ozodlik bilan gaplashishga rozi ekanligini bildirdi.

"Paxtakor" klubi direktori o‘rinbosari Ravshan Salimov esa Ozodlikka intervyu berib, "Paxtakor" klubi rahbariyati sha‘niga bo‘layotgan e‘tirozlar asossiz ekanligini ta‘kidladi.

Ayni paytda Ravshan Salimov Babayan iste‘fosini talab qilgan futbol ishqibozlarining jarimaga tortilganini tasdiqladi.

Ravshan Salimov bilan suhbatni to‘liq ravishda quyida tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG