Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:18

Breyvik Norvegiyadagi uchta binoni portlatmoqchi bo‘lgan


Anders Bering Breyvik.
Anders Bering Breyvik.
Bugungi mahkamada Anders Bering Breyvik uchta binoni portlashish rejasi bo‘lganligini tan oldi.

Breyvik ro‘yxatida hukumat binosi, Norvegiya ishchilar partiyasining shatab-kvartirasi joylashgan bino va qirollik saroyi bo‘lgan. Biroq Breyvik monarxiya tarafdori bo‘lgan qirollik oilasiga talofat yetkazish niyati bo‘lmagani haqida gapirdi.

Tergovchilar Breyvik bu hujumlarga 2009 yil boshidan tayyorgarlik boshlaganini aytgan bo‘lsa, Breyvikning o‘zi rejalarini amalga oshirishga 2006 yildan harakat boshlaganini so‘zladi.

Iyul oyida 77 odamni o‘ldirganini tan olgan norvegiyalik Anders Bering Breyvik kechagi sud majlisida hakamlardan o‘zini oqlab ozodlikka chiqarish yoki o‘lim jazoga hukm etishni so‘radi.

Norvegiyada o‘lim jazosi bekor qilinganiga qaramay¸ Breyvik o‘ziga tayinlanishi mumkin 21 yillik qamoq jazosini rahmdillik deya baholadi.
XS
SM
MD
LG