Линклар

Germaniya sudi YouTube video platformasi avtorlik huquqlari buzilgan holda saytga joylashtirilgan musiqiy kliplar uchun mas‘uliyatni zimasiga olishi shart deb hisoblaydi.

Germaniyaning Gamburg sudi bastakor va san‘atkorlar huquqlarini himoya qiluvchi GEMA tashkiloti shikoyatini inobatga olib, YouTube dan 12 ta klipni olib tashlashni talab qilmoqda. Sud, shuningdek, YouTube avtorlik huquqlari saqlanishini nazorat qiluvchi filtrlarni o‘rnatishi kerakligi haqida qaror chiqardi.

YouTube rasmiylari esa internet foydalanuvchilari tomonidan saytga yuklanayotgan video kontent uchun yuridik mas‘uliyatni zimasiga olishdan bosh tortmoqda.
XS
SM
MD
LG