Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:16

Toshkent ayollar bichilishiga oid ma‘lumotlarni rad etmoqda


O‘zbekiston rasmiylari mamlakatda ayollarning majburan sterilizatsiya qilinayotganiga oid ma‘lumotlarni inkor etmoqda.

“O‘zbekistonda kontratseptsiyadan foydalanish va ayniqsa jarrohlik sterilizatsiyasi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan matbuotda paydo bo‘layotgan noto‘g‘ri ma‘lumotlar o‘z isbotini topayotgani yo‘q”, deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi “Jahon” axborot agentligi tarqatgan xabarda.

O‘zbekistonda ayollarning o‘z ixtiyorlariga zid ravishda bichilayotganiga oid o‘zbekistonlik guvohlar e‘tirofiga asoslangan materiallar so‘nggi paytlarda ko‘plab xorijiy ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Ozodlik radiosida ham berilgandi. So‘nggi bor shu mazmundagi ko‘lamli material bundan 10 kun muqaddam BBC jahon xizmati tomonidan yoyinlangandi.
XS
SM
MD
LG