Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:05

Shahrisabzning uch qishlog‘ini suv bosdi


22 aprel kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi tog‘ etaklarida joylashgan qishloqlarda toshqin ro‘y bergan.

Shahrisabzning O‘rmontepa, Do‘ngqishloq va Qorapoycha degan qishloqlarda kuchli jala yog‘ishi ortidan, suv toshqini yuzaga kelib, aholining turar-joylari suv ostida qolgan.

Bu haqda vaziyatni o‘rgangan “Ezgulik” jamiyati faoli Abdurahmon Tashanov Ozodlikka ma‘lum qildi.

- O‘rmontepa, Do‘ngqishloq va Qorapoychada suv toshqini bo‘lgan. Mahalliy aholi bilan gaplashdik. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining navbatchilik qismi bilan gaplashdik. Hozir bizdagi dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘rmontepa, Qorapoycha hamda Do‘nqishloqda aholining uylarini suv bosish, ko‘chalarni suv bosish holatlari kuzatilgan. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Qashqadaryo viloyati bo‘limining Zafar degan xodimi bilan gaplashdim. Hozirda o‘sha yerda MChS xodimlari, psixologlar odamlarga ma‘lum darajada yordam qo‘lini cho‘zishayapti. Tabiiy ofat talofatlarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilayapti, deydi huquq faoli.

Tashanovga ko‘ra, toshqin ostida qolgan o‘nlab uylardan aholi boshqa hududga evakuatsiya qilingan.

- Ko‘pchilik aholining evakuatsiya qilingani, boshqa joylarga ko‘chirilgani haqidagi ma‘lumotlarni oldik. O‘nlab xonadonlar toshqin bo‘lgan joydan boshqa joyga evakuatsiya qilingan. Aholining katta moddiy talofat ko‘rgani haqida ma‘lumotlar bor. Juda ham kuchli jala yog‘ishi natijasida kelgan sel oqibatida, asosan, uylar zarar ko‘rgan. Hozirda qurbonlar yo‘qligi aytilayapti. Toshqinning zarar ko‘lami qanchaligi haqida aniq ma‘lumot yo‘q. MChS xodimlari zarar ko‘rganlarga tovon puli, yordam berilishi haqida bizga gapirishdi, dedi Tashanov.

Ayni paytda Qashqadaryoning boshqa tumanlaridagi tog‘li hududlarda ham toshqin bo‘lish xavfidan aholi ogohlantirilgan.

- Hozir toshqin to‘xtagan. Bizdagi ma‘lumotlarga ko‘ra, toshqin faqat Shahrisabzda bo‘lgan. Lekin havoda namlik ortishi, jala yog‘ishi oqibatida boshqa tog‘li qishloqlarda ham sel kelishi xavfi borligi haqida aholi ogohlantirilayapti. Bilayn va boshqa uyali aloqa operatorlari maxsus soobshcheniye yuborib, tog‘li hududlarda toshqin bo‘lishi xavfidan ogohlantirib xabarlar berayapti. MChS xodimlarining bizga aytishi bo‘yicha, chora-tadbirlar ko‘rilayapti. Tabiiy ofatning oldini olish, odamlarga nisbatan kam zarar yetkazish, zararni oldini olish choralari ko‘rilayotgan ekan, deydi Abdurahmon Tashanov.

20 fevraldan 21 fevralga o‘tar kechasi yarim tunda Jizzaxning G‘allaorol tumanidagi Turk, Jarbuloq, Cho‘michli, Juma, Karizquduq va Toshkamar qishloqlari suv ostida qolgan va 234 ta uy toshqindan zarar ko‘rgan edi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 4 aprel kungi qarorida G‘allaorol tumanida yuz bergan sel va suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun 2 milliard 92 million so‘m mablag‘ ajratilishi aytildi.
XS
SM
MD
LG