Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:11

Istanbulda O‘zbekistonga oid xalqaro anjuman o‘tadi


23 aprel kuni Turkiyaning Istanbul shahrida “Ozod O‘zbekiston” xalqaro konferentsiyasi o‘tkaziladi.

Konferentsiyada bir qator taniqli shaxslar, jumladan, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Kreyg Myurrey, O‘zbekiston “Erk” demokratik partiyasi raisi Muhammad Solih, O‘zbekiston xalq harakati mas‘ullari Aliboy Yo‘lyaxshi va Namoz Normo‘min, Toshkentda faoliyat yuritgan “Turkuaz” shirkatlar guruhi rahbari Vahid Gunesh doxil turkiyalik tadbirkorlar, jurnalistlar va yozuvchilar ishtirok etadi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, avvalroq mazkur anjumanda o‘zbekistonlik taniqli din olimi Obidxon qori Nazarov ham ishtirok etishi rejalangandi, biroq u kishi bundan ikki oy muqaddam, aniqrog‘i 22 fevral kuni Shvetsiyaning Stromsund shaharchasida suiqasdga uchragan.

“O‘zbekiston diktatorlikdan qanday xalos bo‘lishi mumkin?” deb nomlangan mazkur anjumanda O‘zbekistondagi ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy vaziyat, mamlakat qamoqxonalaridagi vijdon tutqunlari ahvoli, o‘zbek rasmiylarining xorijlik tadbirkorlarga munosabati va boshqa dolzarb masalalardan bahs etilishi kutilmoqda.

Istanbul konferentsiyasiga oid tafsilotlar bilan kun davomida tanishishingiz mumkin.
XS
SM
MD
LG