Линклар

Norvegiyalik radikal ekstremist Anders Breyvik ustidan Osloda o‘tkazilayotgan sudlovning bugungi majlisida u ko‘rsatma berishda davom etdi.

Breyvik bugun mamlakat poytaxtida amalga oshirgani portlashlarda “begunoh kishilar qurbon bo‘lgani”dan taassufda ekanligini, biroq Utoyya orolida yetakchi partiya yoshlar qanoti faollarini o‘ldirganidan afsuslanmasligi to‘g‘risida bayonot berdi.

Breyvikning fikricha, Osloda o‘lganlarning siyosatga aloqasi bo‘lmagan va shuning uchun u afsuslanmoqda, biroq Utoyya orolida bo‘lganlarning siyosatga aloqasi bor edi.

Radikal ekstremist Osloda sodir etilgan va 8 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan portlashlar uchun hamda Utoyya orolida 69 kishini otib o‘ldirgani uchun mas‘uliyatni o‘z zimmasiga oldi.
XS
SM
MD
LG