Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:52

"Borat" Qozog‘istonga sayohat qiluvchilarni ko‘paytirdi


Qozog‘istonni "shov-shuv" qilgan "Borat" filьmining o‘zi ham shov-shuv bo‘lgan edi.
Qozog‘istonni "shov-shuv" qilgan "Borat" filьmining o‘zi ham shov-shuv bo‘lgan edi.
Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yerjan Qazixanov “Borat” filmi mualliflariga Qozog‘istonga sayohlarni jalb etishga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi, deb xabar qildi Tengrinews.kz sayti.

Bu haqda vazir mamlakat pralamentida qilgan chiqishi chog‘ida bildirgan.

Vazirga ko‘ra, “Borat” filmi namoyishi boshlanganidan buyon dunyo bo‘ylab Qozog‘iston vizasini olganlar soni 10 martaga ortgan.

Nьyu-Yorkdagi sayohat agentliklaridan biri esa, Qozog‘istonga sayohat uyushtirish maqsadida maxsus “Borat-tur” ochgan.

“Borat” filьmi o‘z vaqtida qozoq jamoatchiligining noroziligiga sabab bo‘lgan edi.

Tashqi ishlar vaziri fikricha, filmga “faylasufona” yondoshish lozim.

Prezident Nazarboyev esa, “Borat” filmini bir hazil sifatida qabul qilish kerak, degan edi.

“Borat. Qozog‘istonning shavkatli xalqi farovonligi yo‘lida Amerikaning madaniy tadqiqotlari” filьmi 2006 yili ekranlarga chiqqan edi.

Unda britaniyalik komik Sasha Baron Koen ijrosidagi Borat Sag‘diyev ismli to‘qima qozoq jurnalistining sarguzashtlari to‘g‘risida hikoya qilinadi.
XS
SM
MD
LG